Kontent qismiga oʻtish

Hosil Boymuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hosil Nurmatovich Boymuhamedov (1918.1.12 Toshkent 1990.14.7) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geolologiya mineralogiya fanlari doktori (1960), professor (1962). Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Geol. boshqarmasida katta geolog va geologkonsultant (195052). Oʻrta Osiyo politexnika institutida dotsent (1950—61). Geol. va mineral xomashyo institutida katta ilmiy xodim (1957—60). ToshPIda kafedra mudiri (1960-yildan), prorektor (1960—72). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining bosh ilmiy kotibi va hayʼat aʼzosi (1972—79), Yer haqidagi fanlar boʻlimining akad.kotibi (1979-yildan). Foydali kazilmalar konlarini geokimyoviy usulda izlash Urta Osiyo seksiyasining raisi (1980-yildan). Kosmos boʻyicha ilmiykonsultativ kengash raisi (1984). Bir qancha xalqaro va regional kongress va kengashlar, jumladan jahon geologlari 27Xalqaro kongressining (1984) tashkilotchisi va qatnashchisi. "Oʻzbekiston geologiya jurnali"ning bosh muharriri (1988). Asarlari ruda konlari geol.si va Urta Osiyodagi rudali rayonlar va provinsiyalar metallogeniyasiga bagʻishlangan. Urta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonning foydali kazilmalar konlari formatsion metallogenik haritasini tuzganlardan biri va bosh muharriri. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Birinchi kon ochuvchi (1980). Toshkent shahri koʻchalaridan biri Boymuhamedov nomiga qoʻyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil