Hongqi LS5
Hongqi LS5 — to‘liq o‘lchamli hashamatli korssover bo‘lib, uni 2015-yildan 2017-yilgacha faqat Xitoy hukumati foydalanishi uchun FAW Group korxonasi bo‘lgan Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi Hongqi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Umumiy koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hongqi LS5, dastlab P504 kod nomini 2014-yilda ishlab chiqilayotganda[1][2] birinchi marta 2015-yil 22-aprelda Xitoyning Shanxay shahrida Auto Shanxayda prototipi va birinchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan Hongqi SUV sifatida taqdim etilgan[3][4]. Qayta ishlab chiqilgan faralar va orqa chiroqlar, bamperlar va yon nometalllarni oʻz ichiga olgan yangilangan prototip 2016-yilda Pekindagi Auto China koʻrgazmasida namoyish etilgan[5].
Hongqi 2009 yildan beri Hongqi SUV kontseptsiyasi bilan SUVni chiqarishga tayyorgarlik koʻrgan edi. 2012-yilgacha Hongqi 2014-yilda ishlab chiqarishni rejalashtirgan SUVni chiqarishini tasdiqladi [6] Biroq, birinchi SUV, LS5, keyingi yil 2015 yil sentyabr oyida Jilin, Changchun shahridagi Hongqi zavodida ishlab chiqarila boshlangan[7]. U hech qachon fuqarolik uchun ishlab chiqarilmagan. Buning oʻrniga u Xitoy hukumati, Xitoy Kommunistik partiyasi va Xalq ozodlik armiyasi amaldorlari uchun kam hajmli limuzin sifatida ishlab chiqarilgan, xuddi dastlab hukumat tomonidan ishlab chiqarilgan BAIC BJ90 ga oʻxshash hisoblanadi[8]. Birinchi fuqarolik Hongqi SUV 2019-yilda sotuvga chiqarilgan HS5 ixcham krossoveridir. Hongqi shuningdek, 2021-yilda fuqarolik uchun mo‘ljallangan „LS“ seriyali korssover LS7 ni ham namoyish qilgan.
Hongqi LS5 ning bir nechta namunalari ishlab chiqarilgan, ularning barchasi uch xil rangda; qora, oq[9] va harbiy yashildan iborat[10]. LS5 ning oq namunasi birinchi marotaba Pekin avtomuzeyida namoyish etilgan[11].
Texnik xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dvigatel
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hongqi LS5 381 ot kuchi va 530 Nm moment quvvat ishlab chiqaradigan 4,0 litrli bi turbo V8 dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel LS5 ga 0–100 km/soat (62 mil/soat) tezlikni 8,1 soniya va maksimal tezlikni esa 220 km/soat (137 milya) imkonini bera oladi[8][12].
Ichki jihozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hongqi LS5 ishlab chiqarishining ichki qismi 2015-yilgi kontseptsiyada koʻrilganidan farqliroq, zamonaviyroq rul, shuningdek, katta markaziy sensorli ekran va raqamli boshqaruv modeliga ega[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wang. „Spy Shots: Hongqi P504 SUV testing in China“. Car News China (2014-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ Ning. „The new Hongqi P504 SUV is Ready for the Shanghai Auto Show“. Car News China (2015-yil 18-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ de Feijter. „Hongqi LS5 SUV launched on the Shanghai Auto Show“. Car News China (2015-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ Zhang. „The company that made Chairman Mao's limo has built an SUV to take on Range Rover“. Business Insider (2015-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ de Feijter. „Hongqi LS5 SUV Edges Closer To Production In China“. Car News China (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ de Feijter. „FAW confirms Hongqi SUV is coming in 2014, Besturn in Trouble“. Car News China (2012-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ Wang. „Production of the Hongqi LS5 SUV has started in China“. Car News China (2015-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ 8,0 8,1 de Feijter. „New Photos Of The Hongqi LS5 SUV For China“. Car News China (2017-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ Wang. „Spy Shots: Hongqi LS5 is a big white SUV in China“. Car News China (2015-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ de Feijter. „Spy Shots: The Hongqi LS5 SUV In Green“. Car News China (2016-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ „What happened to the Hongqi LS5?“. Car News China on Facebook (2021-yil 20-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ Halas. „Hongqi LS5 Is Something Like China’s Range Rover For The Rich“. Carscoops (2015-yil 20-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ de Feijter. „Spy Shots: the interior of the Hongqi LS5 SUV for China“. Car News China (2015-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |