Kontent qismiga oʻtish

Hladnikia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hladnikia
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli o‘simliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Oila: Ziradoshlar

Hladnikia — ziradoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimliklar turkumi[1]. Turkumga mansub yagona tur, Hladnikia pastinacifolia, Sloveniya paleoendemiti[2], oʻsish hududi atigi 4 kmli maydon bilan cheklangan[3]. Nemis botaniki Geynrix Gotlib Lyudvig Reyxenbax bu turkumga karniol botanik olimi va Lyublyana botanika bogʻining asoschisi Franz Hladnik sharafiga nomlagan[4].

Hladnikia pastinacifolia — koʻp yillik oʻt oʻsimlik[5]. Tik gullaydigan poyaga ega, uzunligi 15 dan 30 santimetrgacha boʻlishi mumkin[6][7][8]. Hladnikia pastinacifolia koʻproq seldereyga (Apium graveolens) oʻxshaydi, lekin barglari qisqa va qalin[9]. Turning ildizi uzun va enli. Oʻsimlik gulining oq, yurak shaklida, uzunligi 1 mm uzunlikdagi barglari bor[8].

Oʻsimlikning koʻpayish tizimi haqida koʻp narsa maʼlum emas. Bu oʻsimlik turi entomofil boʻlib, turli xil changlatuvchilarga ega[7]. Turlarning gullash davri maydan iyulgacha davom etadi[9]. Muvaffaqiyatli changlanishdan soʻng, avgust oyining oxiridan sentabrgacha urugʻlar rivojlanadi. Meva shizokarp boʻlib[7], soʻng kengligi 2 mm boʻlgan 4 mm oʻlchamdagi ikkita merikarpga boʻlinadi[8].

Hladnikia pastinacifoliada xromosoma soni 2n = 22[8].

Oʻsimlik Sloveniyaning paleoendemik turi boʻlib , Trnovski gozdda kichik maydonda (4 km 2) oʻsadi. U yerda bu oʻsimliklar faqat platoning janubiy yonbagʻirlarida va shimoliy yon bagʻirlarida 9 km uzoqlikda joylashgan ikkita alohida joylarda uchratish mumkin[7][8].

Uning populyatsiyasi IUCN Qizil roʻyxatida barqaror turlar qatoriga kiritilgan[10][11]. Oʻsimlik oʻsishiga xavf soluvchi tahdidlar qatoriga odamlarning oʻsimlik oʻsish joylarini oʻzlashtirishi va turli tartibsizliklar (masalan, dam olish faoliyati), shuningdek, tabiiy tizim oʻzgarishlari kiradi[11]. Trnovo oʻrmon platosi Natura 2000 saytida roʻyxatga olingan[10][12].

  1. „Hladnikia Rchb. | Plants of the World Online | Kew Science“ (en). Plants of the World Online. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  2. „Hladnikia pastinacifolia (rebrinčevolistna hladnikija)“ (sl). www.botanicni-vrt.si. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  3. Šajna, Nina; Kavar, Tatjana; Šuštar-Vozliè, Jelka; Kaligariè, Mitja (1 January 2012). "Population Genetics of the Narrow Endemic Hladnikia Pastinacifolia RCHB. (Apiaceae) Indicates Survival in Situ During the Pleistocene". Acta Biologica Cracoviensia Series Botanica 54 (1). doi:10.2478/v10182-012-0009-8. 
  4. „Info in English | Botanično društvo Slovenije“ (sl-SI). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  5. Šajna, Nina; Kavar, Tatjana; Šuštar-Vozliè, Jelka; Kaligariè, Mitja (1 January 2012). "Population Genetics of the Narrow Endemic Hladnikia Pastinacifolia RCHB. (Apiaceae) Indicates Survival in Situ During the Pleistocene". Acta Biologica Cracoviensia Series Botanica 54 (1). doi:10.2478/v10182-012-0009-8. 
  6. Sajna, Nina; Šuštar-Vozlič, Jelka; Kaligarič, Mitja (28 October 2014). "New Insights into the Anatomy of an Endemic Hladnikia Pastinacifolia Rchb.". Acta Botanica Croatica 73 (2): 375–384. doi:10.2478/botcro-2014-0005. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Šajna, Nina; Kavar, Tatjana; Šuštar-Vozliè, Jelka; Kaligariè, Mitja (1 January 2012). "Population Genetics of the Narrow Endemic Hladnikia Pastinacifolia RCHB. (Apiaceae) Indicates Survival in Situ During the Pleistocene". Acta Biologica Cracoviensia Series Botanica 54 (1). doi:10.2478/v10182-012-0009-8.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":2" defined multiple times with different content
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 Sajna, Nina; Šuštar-Vozlič, Jelka; Kaligarič, Mitja (28 October 2014). "New Insights into the Anatomy of an Endemic Hladnikia Pastinacifolia Rchb.". Acta Botanica Croatica 73 (2): 375–384. doi:10.2478/botcro-2014-0005.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":5" defined multiple times with different content
  9. 9,0 9,1 „Hladnikia pastinacifolia (rebrinčevolistna hladnikija)“ (sl). www.botanicni-vrt.si. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  10. 10,0 10,1 „Hladnikia pastinacifolia - Rchb.“. eunis.eea.europa.eu. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  11. 11,0 11,1 Bilz, M. (2011). "Hladnikia pastinacifolia". IUCN Red List of Threatened Species 2011: e.T162082A5530927. https://www.iucnredlist.org/species/162082/5530927. 
  12. „ArcGIS Web Application“. natura2000.eea.europa.eu. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.