Hiromi Ikeda
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | 池田浩美 | ||
Tavallud sanasi | 22-dekabr 1975-yil | ||
Tavallud joyi | Honjo,Saitama, | ||
Boʻyi | 163sm | ||
Ampluasi | Himoyachi |
Hiromi Ikeda (1975-yil 22-dekabrda tugʻilgan) (sobiq ism-sharifi; Xiromi Isozaki, i﨑﨑) — yaponiyalik sobiq futbolchi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.
Klubdagi karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikeda 1975-yil 22-dekabrda Xonjo shahrida tugʻilgan. 1995-yilda u Tasaki Perule futbol klubiga qoʻshildi. 1995-yilda u Eng yaxshi yosh oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, u 10 yil davomida (1999—2008) eng yaxshi oʻn birlikdan biri sifatida tanlandi. Biroq 2008-yilda klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan. 2008-yilgi mavsum oxirida u nafaqaga chiqdi. U L.Ligada 236 ta oʻyinda maydonga tushgan. Yaponiyaning juda koʻplab OAV muhbirlari Ikedaning butsalarini mixga ilishini keng matbuotda yoritishdi va bu Yaponiya ayollar futboli uchun katta yoʻqotish ekanligini taʼkidalab oʻtishgan.
Terma jamoadagi karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil 8-iyunda Ikeda Yaponiya terma jamoasi safida Xitoyga qarshi debyut qildi[1]. U 1999, 2003, 2007-yillardagi jahon chempionatlarida terma jamoa aʼzosi boʻlgan, shuningdek, 2004 va 2008-yillardagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u sardor sifatida oʻynadi, chunki jamoa sardori Yumi Obe zaxirada qoldirilgan edi. Ikeda Olimpiya oʻyinlarida haqiqiy yetakchi ekanligi isboytladi. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin u 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarigacha sardor boʻldi. 2008-yilgacha u Yaponiya terma jamoasi safida 119 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikeda 2007-yilda turmushga chiqgach oʻz ismini Hiromi Isodzaki (磯﨑 浩美)dan Hiromi Ikeda (池田 浩美)ga oʻzartirgan.
Milliy terma jamoadagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
1997 | 6 | 0 |
1998 | 9 | 0 |
1999 | 8 | 0 |
2000 | 5 | 0 |
2001 | 10 | 3 |
2002 | 6 | 0 |
2003 | 11 | 1 |
2004 | 10 | 0 |
2005 | 9 | 0 |
2006 | 17 | 0 |
2007 | 16 | 0 |
2008 | 12 | 0 |
Umumiy | 119 | 4 |
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raqam. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Turnir |
---|---|---|---|---|---|---|
4. | 13-Iyun 2003-yil | Rajamangala Stadium, Bangkok, Tailand | 5–0 | 7–0 | 2003 AFC Ayollar oʻrtasidagi chempionat |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasaki Perula
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003-yil Futbol boʻyicha yaponiya chempionatida gʻoliblikni jamoasi bilan qoʻlga kiritgan
- Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 1999-yil
- Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 2002-yil
- Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 2003-yil
- Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 2006-yil
Terma jamoa tarkibida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1995-yilda L Liganing Eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi gʻolibasi