Hippolyte Fizeau
Hippolyte Fizeau | |
---|---|
Tavalludi |
23-sentyabr 1819[1] |
Vafoti | 18-sentyabr 1896[1] |
Fuqaroligi | Fransiya[2] |
Armand Hippolyte Louis Fizeau (talaffuzi: Arman Ippolit Lui Fizo; (23-sentabr 1819-yil, Parij — 18-sentabr 1896-yil, Vantyoy qalʼasi) — fransuz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1875). Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1860), prezidenti (1878). Kollejda va Parij rasadxonasida oʻqigan. Parij politexnika maktabi direktori (1863-yildan). Shu maktab professor (1865—67). Ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Aylanuvchi tishli gʻildirak yordamida yorugʻlik tezligini oʻlchash usuli (Fizeau usuli)ni ishlab chiqqan (1849), yer sharoitida birinchi marta yorugʻlik tezligini oʻlchagan. Harakatdagi suvda yorugʻlik tezligini oʻlchagan (Fizo tajribasi, 1851). Fizeau tajribasi yoruglikning toʻlqin nazariyasini, tezliklarni qoʻshishning relyativistik formulasini tasdiklashda muhim rol oʻynaydi.
Dopler effektini toʻgʻri talqin etgan (Doppler — Fizeau effekti, 1848). Yorugʻlikning interferensiyasini kuzatish usulini (1849) va qattiq jismlarning kengayish koeffitsiyentini oʻlchashning interferension usulini (1852) ishlab chiqqan. Induksion gʻaltak, interferension spektroskop, dilatometr yasagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |