Kontent qismiga oʻtish

Hippi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zamonaviy rus hippisi.

Hippi (inglizcha: hip - „urf“ soʻzidan) falsafiy oqim hamda submadaniyatdir; shuningdek ushbu oqim vakili ham „hippi“, deb ataladi. AQShda 1960-larda paydo boʻlgan. Bu oqimning ilk vakillari jamiyatda oʻrnashib qolgan konservatist madaniyatga, establishmentga qarshi chiqishgan, ularni rad etishni taklif qilishgan. Patsifizm tarafdorlari boʻlishgan.

Hippilar rok-musiqa (ayniqsa psixedelik rock) tinglashadi, rang-barang kiyinib, soch oʻstirishadi. Gʻoyalari qatoriga seksual inqilob, yengil giyohvandlar taqiqini cheklash kiradi. Hippi harakati Sharq falsafasidan ham ruhlangan.