Kontent qismiga oʻtish

Hindshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindshunoslik - Hindiston xalqlari tarixi, madaniy merosi, gʻoyaviy qarashlari, adabiyoti, sanʼ-ati va tillarini, shuningdek, yangi davrda Hindistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarini oʻrganuvchi fanlar majmui. H. 19-asr boshida Yevropada shakllangan, ammo yevropaliklarning Hindistonga boʻlgan qiziqishi antikdavrdan boshlangan edi.

Abu Rayhon Beruniy Hindistonga safar qilgan chogʻida sanskritni, oʻlkaning geogr.si, madaniyati, adabiyo-ti, tarixi, falsafasi, qonunlari, dinlari, urf-odatlarini atroflicha oʻrgangan va oʻz bilimlarini "Hindiston" asarida bayon etgan. 1442—44 yillarda Abdurazzoq Samarqandiy Shoh-rux saroyining elchisi sifatida Hin-diston janubidagi Kalikut, Hinavar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Vijaya-nagar rojaliklarida diplomatik missiyani bajargan. Keyinchalik Xiva va Buxoro xonliklarining elchilari ham Hindistonda xizmat safarlarida boʻlib, unga oid maʼlumotlarni keltirganlar. Yevropada H. 15-asr oxirlarida Hindistonga ochilgan dengiz yoʻli tufayli yuzaga kelgan. Avvaliga Shimoliy Hindistonni tadqiq etishga eʼtibor berilgan. 18-asr oʻrtalarila esa Ost-Indiya kompaniyasining mazkur hududlarga kelishi tufayli butun oʻlkadagi tillar va ularning grammatikasini oʻrganishga eʼtibor kuchaygan. Yevropalik olimlar U.Kerri, Jilkroyt, U.Jons, Kolbruk va boshqa hindu tili va boshqa mahalliy tillar grammatikasini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshgan. Hindistonning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, buyuk maʼnaviy va tarixiy qadriyatlari, adabiyotiga boʻlgan zoʻr qiziqish Yevropa davlatlarida qator sharqshunoslik markazlarining shakllanishiga turtki boʻldi. 19-asr boshida ilk bor Parijda sansk-rit va qad. Hindiston tillarini oʻrganuvchi H. kafedrasi ochildi. 19-asrning 2-choragidan boshlab Angliya, Fransiya, Germaniya, Skandinaviya davlatlari, keyinroq esa Rossiya va AQShda H. sezilarli darajada rivoj topa boshlagan. 19-asrda buddizm va klassik filologiyani oʻrganishda turli mamlakat olimlari R.Rott, M.Myuller, A.Veber, A.Bergen, A.Lyudovik va boshqa samarali faoliyat koʻrsatganlar. Rossiyada H.ka boʻlgan qiziqish rus sayyohi Afanasiy Nikitinning 15-asrda Hin-distonga qilgan sayohati tufayli kuchaydi. U oʻz sayohati toʻgʻrisida "Uch dengiz osha" asarida talaygina qiziqarli maʼlumotlar bergan. Keyingi asrlarda yuzlab rus savdogar va sayyohlari Hindistonga koʻplab safarlar qilganlar, sekin-asta diplomatik munosa-batlar rivojlana boshlagan. 1724-yilda Peterburgda Rossiya Fanlar akademiyasi tashkil etilib, H. borasida ham fundamental tad-qiqotlar boshlab yuborildi. 20-asrning boshlarida H. borasida tadqiqotlar olib borish jonlana boshladi, ayniq-sa Ikkinchi jahon urushidan soʻng Rossiya sharqshunosligida shakllangan yirik yoʻnalish sifatida ilmiy va siyosiy doiralarda talaygina yutuqlari bilan oʻz mavqeiga ega boʻldi. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq-shunoslik instituti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika instituti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosa-batlar instituti, Diplomatik akademiya, Misr tadqiqotlari markazi, Xalqlar doʻstligi universiteti, Ijtimoiy fanlar boʻyicha ilmiy axborotlar instituti, xorijiy tillar harbiy instituti, Plexa-nov nomidagi Iqtisodiyot universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti va boshqa oʻnlab ilmiy, oliy taʼlim muassasalari, akademiyalar va harbiy akademiyalarda Hindiston boʻyicha keng qam-rovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, ular yuzasidan yuzlab risolalar, ilmiy monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, maʼlumotnomalar chop etildi. Taniqli rus hindshunos olimlari G.M.Bongard-Levin va G.F.Il-in tomonidan "Qadimgi Hindiston" (1969), Yu.P.Nasenkoning "Javohar-lal Neru va Hindiston tashqi siyosa-ti" (1975), V.K.Pleshakovning "Hin-distonda demokratiya: mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv" (1992) kitoblarida H.ning dolzarb masalalari yoritib berildi.

Moskvada muntazam ravishda chop etilayotgan "Aziya i Afrika segodnya", "Vostok", "Nauka i religiya", "Mi-rovaya ekonomika i mejdunarodnne otnosheniya", "Indiya" oylik jurnali va "Vestnik MGU" ilmiy toʻplamida H.ka taalluqli tahliliy materiallar chop etib kelinmoqda. MDH miqyosida Du-shanba universiteti, Olmaota universiteti, Boku universiteti, Kiyev universiteti, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti va boshqa ilmiy, oʻquv muassasalarida H. bir maromda rivojlanib bormoqda. Hozirda Parij universiteti va uning tasarrufidagi ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida budda dini, H.ning ichki va tashqi siyo-sati, davlat tuzumi, falsafasi oʻqitilmoqda va ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Buyuk Britaniyaning (London universiteti, Kembrij universiteti, Safiks universiteti va Oksford untlari), Germaniyaning (Geydelberg Janubiy Osiyo instituti, Tyu-bingen universiteti, Myunster universiteti, Ber-lin universiteti va Gamburg unti), Italiyaning (Milan unti) universitetlarida qad. Hindiston, Venetsiya universitetida esa hozirgi Hindistonning dolzarb muammolari yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. H., shuningdek, Avstriyadagi Vena universitetida, Bolgariyadagi Sofiya universitetida, Polshadagi Krakov universitetlarida, Norvegiya, Ruminiya va Ispaniyaning oliy taʼlim dargohlarida ham rivojlanib bormokda. H. boʻyicha AQShning Kolumbiya universiteti, Berkli universiteti, Chikago universitetlarida, Yaponiyaning Tokio va Osaka universitetlarida ham rivojlanmokda. H., shuningdek, Misrning Qohira universiteti, Liviyaning Bengʻozi universiteti, Tripoli universiteti, JARning Yoxannesburg universiteti, Avstraliyaning Sidney universiteti, Turkiyaning istanbul untida malakali hindshunos mutaxassislar tadqiqotlar olib bormoqda.

Oʻzbekistonda ilmiy H.ning shakllana boshlaganiga uncha koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. 1947-yil Toshkent Davlat universiteti Sharq fakultetida hind filologiyasi kafedrasi ochildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida 1950-yil xorijiy sharq mamlakatlari tarixi boʻli-mi, 1957-yilda Hindiston va Pokiston tarixi, iqtisodi va madaniyati sektori tashkil topdi. Oʻzbek sharqshunos-hindshunos olimlaridan A. Oʻrin-boyev ("Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi"), S.Azimjonova ("Kobul va Hindistonda Bobur davlati", "Humoyunnoma"), I. Nizo-middinov ("Oʻrta Osiyo va Hindiston madaniy aloqalari tarixidan"), I.Hoshimov ("Hindistonda boburiylar sulolasi saltanati") va boshqa Hin-diston tarixiga oid yirik tadqiqotlarni amalga oshirdilar.

Oʻtgan davr mobaynida hindshunos olimlarimiz tomonidan 50 dan ortiq ilmiy monografiya va risolalar chop qilindi. Ushbu asarlarni yozishda olimlarimizdan fan doktorlari akademik S.Azimjonova, A.Oʻrinboyev, I.Nizomiddinov, I.Hoshimov, M.Kutina; fan nomzodlaridan A.Qosimov, U.Oripov, S.Tansiqboyeva, N.Muhamedov, L.Yeremyan, S.Yermakova, D.Bekayeva, B.Obidov, M.Toshmuhamedov, A.Sahiboyev va boshqa tayyorlab nashr etdilar. Bu tadqiqotlar Hindiston tari-xi, ichki va tashqi siyosati, madaniya-ti, adabiyoti, Oʻzbekiston — Hindiston aloqalari va hokazo masalalarga bagʻishlangan boʻlib, Hindistonning oʻtmishi va hozirgi hayoti haqida mufassal maʼlumotlar beradi. Oʻzbekistonda hin-diy va urdu tillarini oʻrgatish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 1990-yildan alohida institut boʻlib tashkil topgan Toshkent sharqshunoslik instituti Janubiy Osiyo xalqlari tillari kafedrasida yetuk hind-shunos mutaxassislar talabalarga hin-diy, urdu, panjobi, bengal tillaridan saboq bermoqsalar. Sharq mamlakatlari tarixi, adabiyoti kafedralarida Hindiston tarixi, adabiyoti fanlari oʻqitiladi. Ushbu institutda fan doktorlaridan T.Gʻiyosov (tarix), O.Shomatov (filolog), fan nomzodlari S. Agʻzamo-va, H. Begizova, U.Muhibova, T.A.Xoʻ-jayeva, A.Ibrohimov, S.Yoʻldoshev kabi mutaxassislar dars berish bilan birga ilmiy tadqiqot lar ham olib bormoqdalar.

Oʻzbekiston hindshunoslarining nomlari xalqaro va siyosiy doiralarda yaxshi tanilgan va ular Hindistonning tarixi, ichki va tashqi siyosati, siyosiy partiyalari, diplomatiyasi, xotin-qizlar harakati, falsafasi, milliy-ozodlik kurashi, adabiyoti, tillari masalalari, Oʻzbekiston — Hindiston aloqalari, madaniyati va boshqa muhim jihatlarini chuqur tadqiq etib kelmoqsalar. T.Gʻ.Gʻiyosovning "Qa-dimgi Hindiston tarixi" (2000), I.M.Hoshimov va M.M.Kutinaning "Hindiston Milliy Kongressi va Hindistonda mintaqaviy jamoat tashkilotlarining faoliyati" (1980), I.Gʻ. Nizomiddinovning "Boburiylar davlati" (1983), S.M.Agʻzamova, B.Obidovning "Hozirgi Hindiston" (1991), O.N.Shomatovning "Janubiy Osiyo tillariga kirish" (2003) kabi asarlari chop etildi.

Oʻzbekistonda H.ni rivojlantirishda, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Toshkent sharqshunoslik instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti olimlari samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Mamlakatda chop etilayotgan "Sharqshunoslik", "Sharq mashʼali", "Vostokovedeniye", "Mayak Vostoka" ilmiy jur.larida Hindistonning turli jihatlarini yorituvchi maqolalar berib borilmoqda. Toshkentda "Oʻzbekistonda — Hindiston doʻstlik jamiyati" faoliyat koʻrsatmoqda. Tagor, Premchand, Krishan Chandr, Jafriy, Ahmad Abbos va boshqa hind yozuvchi va shoirlarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilinib nashr etilishi ham respublikada H.ni rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshiladi.

  • Bibliografiya Iidii, M., 1976.

Bobir Gʻiyosov.