Himoya qoplamasi
Himoya qoplamasi - radioaktiv (kishilarning sogʻligi uchun zararli) moddalarni vaqtinchalik saqlash yoki tashishda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida hosil qilinadigan qatlam. Mas, ommaviy qirgʻin qurollarining chiqindilarini vaqtinchalik saqlashda qalin beton qoplamalar — sarkofaglar qilinadi. Atom bombasi portlaganda aholini himoya qilish uchun qalin (bir necha m gacha) devorli bombapanalar quriladi. Radioaktiv moddalarni vaqtinchalik saqlash va tashish uchun poʻlat Himoya qoplamasili qoʻrgʻoshin kamera yoki poʻlat kameralardan foydalaniladi. Radioaktiv modda nurlanganda qoʻrgʻoshindan ajraladigan issiqlikni yutish uchun suv yoki havo bilan sovitish tizimi koʻzda tutiladi. Keng maʼnoda — kishilar, jihozlar va mahsulotlarni atrof-muhitning zararli taʼsirlaridan, temperatura oʻzgarishlari tufayli paydo boʻladigan noxush omillardan as-rash uchun qilinadigan muhofaza konstruksiyalari — qalin beton devorlar, keramzit tomlar va boshqa Barcha Himoya qoplamasilari vaqtinchalik muhofaza qilish xususiyatiga ega boʻlib, radioaktiv moddalarning zararli taʼsirlaridan butunlay muhofaza qilolmaydi. Ishonchli va uzoq mud-datli Himoya qoplamasilari va vositalari yaratish insoniyat oldida turgan muhim yumushlardan biri hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |