Kontent qismiga oʻtish

Hilde Zimmermann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hilde Zimmermann
Tavalludi
Hilde Wundsam

12-sentyabr 1920-yil
Vafoti 25-mart 2002-yil(2002-03-25)
(81 yoshda)
Vena
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi haykaltarosh, qarshilik harakati aʼzosi
Turmush oʻrtogʻi Harry Zimmermann

Hilda Zimmermann (qizlik familiyasi Wundsam; 1920 — 2002) — avstriyalik natsizmga qarshi kurashgan siyosiy faol[1]. U Avstriya qarshilik koʻrsatish harakatining aʼzosi, Ravensbrück konslageridan va Holokostdan omon chiqqan.

1920-yil 12-sentyabrda Vena shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi faol sotsial-demokratlar boʻlib, onasi Anna Wundsam Avstriya sotsial-demokratik partiyasining taʼlim boʻlimida ishlagan, otasi esa temiryoʻlchi boʻlgan.

Toʻrt yoshida Hilda ota-onasi va ukasi Otmar (1922-yilda tugʻilgan) bilan Kagran qishlogʻiga koʻchib oʻtishadi. Hilda dastlab oilasi bilan yashagan, keyinroq bir muddat bobosi va buvisi qoʻlida tarbiyalangan. Ota-onalar 1934-yilda ishsiz qolishadi va Avstriyadagi fuqarolar urushida qatnashishadi. Tez orada ular hibsga olinib, onasi ikki oyga qamaladi va otasi olti oyga Wöllersdorf lageriga yuborilgan. 14 yoshli Hilda va 12 yoshli ukasi yolgʻiz qolishganida ularga xalqaro yordam koʻrsatilgan. Hilda birinchi marta 1935-yilda qisqa muddatga hibsga olingan, ammo tez orada qoʻyib yuborilgan.

1936-yilda Hildaning ota-onasi ajrashishadi. Oʻsha paytda qiz farrosh boʻlib ishlagan va uyga yordam berish kursida tahsil olayotgandi. Keyinchalik Hilda Vengriyadagi bir xonadongan enaga boʻlib ishga kiradi va faqat 1938-yilda Avstriyaga qaytib keladi va bu yerda onasi bilan Kagran shahrida yashadi. 1939-yilda Hilda va ukasini politsiya tintuv qilgan paytda ulardan kommunistik varaqa topib olishganidan keyin hibsga olinadi. Ukasi aybni oʻz boʻyniga olib, toʻqqiz oy qamoqqa hukm qilinadi, Hilda esa bir haftadan keyin ozod qilinadi. 1941-yilda Hilda Vena ayollar akademiyasida haykaltaroshlik boʻyicha oʻqishni boshlaydi va bu yerda 1944-yil mart oyida hibsga olinguncha tahsil oladi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan uning ukasi Vermaxtga chaqirildi. 1943-yilda Hilda qarshilik harakati aʼzolari bilan tanishib, oʻzi ham harakatga aʼzo boʻldi. 1944-yilga kelib Hilda Avstriyaga yuborilgan sovet agentlari bilan hamkorlik qila boshlaydi. Keyinroq esa u hibsga olinib, Ravensbrück konslageriga yuboriladi. Taʼtil paytida oilasi yoniga kelgan ukasi Otmar ham Buxenvald konslageriga joʻnatiladi. Urush oxirida, lagerni evakuatsiya qilish paytida, Hilda qochib ketib, Qizil Armiya tomonidan ozod qilingan Ravensbrück ga qaytib keladi. U yerda Hilda tif bilan kasaliga uchrab, tuzaladi va 1945-yil iyul oyida Berlin orqali Venaga qaytib keldi.

Avstriyada u tirik qolgan ukasi bilan bir muncha vaqt birga yashaydi, konslagerning sobiq mahbuslari bilan munosabatlarni saqlab qolib, Avstriya kommunistik yoshlar tashkilotida (Kommunistische Jugend Österreichs) qatnasha boshlaydi. Partiya gazetasi ishida ham qatnashgan, Butunjahon yoshlar va talabalar festivali ishtirokchisiga boʻlgan. Hilda Vena konslager sobiq mahbuslari ittifoqining (KZ-Verband) aʼzosi va Avstriyaning Ravensbrück lageri hamjamiyatining asoschilaridan biri (Österreichischen Lagergemeinschaft Ravensbryuck, ÖLGR) boʻlib, bu yerda umrining oxirigacha ishlagan. 1968-yil Chexoslovakiya voqealaridan keyin Hilda Avstriya Kommunistik partiyasidan uzoqlashadi.

Hilda 2002-yil 25-mart kuni Vena shahrida vafot etgan. Shahar markaziy qabristoni Stammersdorfer Zentralfriedhofga dafn etilgan.

Urush paytida Hilda avstriyalik qarshilik harakati jangchisi Harry Zimmermann bilan uchrasha boshlagan. 950-yillarda Vena amaliy sanʼat akademiyasida imtihonlarni topshirgandan (Hilda haykaltarosh ixtisosligini oladi) keyin Hilda unga turmushga chiqadi. 1944-yilda ular ajralishadi. Ularning uchta farzandi: ikki oʻgʻil va bir qizi boʻlgan.

Ukasi Oʻtmar urushdan keyin rassomchilik bilan shugʻullangan[2],

  1. „Hilde Zimmermann (1920-2002)“. 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  2. Kunst in der Wurmbrandgasse - Ausstellung: Othmar Wundsam (Wayback Machine saytida 2024-05-31 sanasida arxivlangan)(olm.)
  • Helga Amesberger, Kerstin Lercher. Lebendiges Gedächtnis. Die Geschichte der österreichischen Lagergemeinschaft Ravensbrück. Mandelbaum-Verlag, Wien, 2008, ISBN 978-3-85476-254-6 .