Hikoyat Abdullayeva
Qiyofa
Hikoyat Abdullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
1918-yil |
Vafoti | nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, kolxozchi |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Hikoyat Abdullayeva (1918-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — ?) — kolxozchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1956)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikoyat Abdullayeva 1918-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Abdullayeva Toshkent viloyati Kalinin (hozirgi Zangiota) tumani „Oʻzbekiston 40 yilligi“ kolxozida sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan. Abdullayeva oʻziga biriktirilgan sigirlarning har biridan 1700 kg (1947), 3541 kg (1952), 5874 kg (1956) dan sut sogʻib olgan. Butunittifoq Qishloq Xoʻjalik Koʻrgazmasining oltin va kumush medallari bilan mukofotlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzSE 1971, s. 27
- ↑ OʻzSE 1971, s. 28
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, I tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1971 — 632-bet.