Helsinki universiteti
Qiyofa
fincha: Helsingin yliopisto | |
Asos solingan sanasi | 1640-yil |
---|
Xelsinki universiteti — 1640-yil Turku shahrida tashkil etilgan Finlandiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Xelsinki universiteti 1828-yil Xelsinki shahriga koʻchirilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, tarix, filologiya, tabiiy fanlar va matematika, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1640-yil tashkil etilgan)da 2 millionga yaqin asar saqlanadi. Xelsinki universitetida 27 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |