Heinz Kuttin
Heinz Kuttin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Avstriya |
Tavallud sanasi |
5-yanvar 1971-yil Gassen, Avstriya |
Boʻyi | 193 sm |
Sport | |
Qaysi sport | (Changʻida sakrash) |
Heinz Kuttin — (1971-yil 5-yanvarda tugʻilgan) avstriyalik sobiq changʻidan sakrash sportchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Albertvilda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Heinz jamoaviy bahslarning katta tepalikda kumush medal va yakkalik katta tepalikda bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Heinz jamoaviy katta tepalikda bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].
Kuttinning eng katta muvaffaqiyati XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida toʻrtta medalni qoʻlga kiritgani bilan izohlanadi, unga ikkita oltin (yakkalik oddiy tepalik va jamoaviy kotta tepalik 1991-yilgi musobaqasi) va ikkita bronza (jamoaviy kotta tepalik 1993-yil; yakkalik normal tepalik esa 1989-yillari). U 2002—2003-yillarda Avstriya terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan, 2003-yilda Polshaning B jamoasini, keyin esa 2004-yildan 2006-yilgacha Polsha terma jamoasini boshqargan[2].
2014-yildan boshlab Avstriyaning changʻidan sakrash boʻyicha milliy terma jamoasining avvalgi murabbiyi Aleksandr Pointner nafaqaga chiqqanidan keyin rasmiy bosh murabbiy hisoblanadi. 2016-yil Avstriya terma jamoasi yaxshi natijalarga erishganini hisobiga Heinzning changʻida sakrash sproti murabbiylari xalqaro retringida bir necha pogʻona koʻtarilganini XCHF tasdiqlagan.
Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kuttin XCHF changʻida sakrash Jahon miqiyosidagi yakka tartibli musobaqalarda ketma-ket 1987-yildan 1995-yilgacha faol ishtirok etib kelgan. Bu vaqt mobaynida 1988—1989-yilgi XCHF Shimoliy musobalaqarida eng yuqori natijalarga erishgan.
Turnir jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Umumiy natijalar | 4H | SF |
---|---|---|---|
1987—1988-yil | 26 | 25 | Yoʻq |
1988—1989-yil | 39 | 82 | Yoʻq |
1989—1990-yil | 8 | 10 | Yoʻq |
1990—1991-yil | 7 | 51 | 6 |
1991—1992-yil | 11 | 46 | — |
1992—1993-yil | 19 | 9 | — |
1993—1994-yil | 12 | 7 | — |
1994—1995-yil | 67 | 34 | — |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heinz jamoaviy musobaqalarda ketma-ket 1990—1991-yilgi va 191-1992-yilgi musobaqalarda yuqori natijalar bilan shohsuppaga koʻtarilgan.
Tartib raqami | Mavsum | Sana | Manzil | Tepalik | Hajmi |
---|---|---|---|---|---|
1 | 1990—1991-yil | 1991-yil 13-mart | Trondxaym | Granåsen K120 | LH |
2 | 1991—1992-yil | 1992-yil 8-mart | Trondxaym | Granåsen K120 | LH |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ślub Macieja Kota z Agnieszką Lewkowicz“. Skoki-narciarskie.pl - wyniki, relacje na żywo, gry (19-may 2019-yil).
- ↑ http://infostradalive.com/2014/01/11/record-kasai-becomes-oldest-ski-jumper-to-win-wc-meet/[sayt ishlamaydi]