Kontent qismiga oʻtish

Hazratqul Qarshiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hazratqul Qilichevich Qarshiboyev
Tavalludi 1-mart 1953-yil (1953-03-01) (71 yosh)
Boyovut tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi biolog olim
Sohasi biologiya
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Hazratqul Qilichevich Qarshiboyev (1953-yil 1-mart, Boyovut tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik biolog olim, biologiya fanlari doktori (2002), professor.

Hazratqul Qarshiboyev 1953-yil 1-mart Boyovut tumanida tugʻilgan[1]. 1970—1975-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakultetida tahsil olgan. 1975-1977-yillarda Boyovut tumani 18-maktabning biologiya va kimyo fanlari oʻqituvchisi, 1977—1978-yillarda harbiy xizmatda, 1978—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy tadqiqotlar instituti stajyor-tadqiqotchisi, ilmiy xodimi, 1986—1990-yillarda Sirdaryo davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi, Umumiy biologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, kafedra dotsenti, tabiatshunoslik fakulteti dekani oʻrinbosari, fakultet dekani, 1992—2012-yillarda Guliston davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, 2012—2019-yillarda „Botanika va ekologiya“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2019-yildan „Dorivor oʻsimliklar va botanika“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazratqul Qarshiboyev 1983-yilda „Miya va ayritojli turkum vakillarining gullash biologiyasi va mevalashi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2002-yilda „Oʻzbekistonning qurgʻoqchil sharoitida dukkakli oʻsimliklarning urugʻ yordamida koʻpayishi“ mavzusidagi doktorlik ishini himoya qilgan. 350 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 8 ta monografiya muallifi[1].

  • 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni (2022)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.