Haydarobod (shahar)
Haydarobod — Hindistondagi shahar, Dekan yassitogʻligining markaziy qismida, Musi va Usi daryolari qoʻshilgan yerda joylashgan. And-hra-Pradesh shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,04 mln. kishi (2001). Hindiston janubiy qismining muhim iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo-farmatsevtika, tamaki, qogʻoz, oyna-shisha sanoati korxonalari mavjud. Transport, energetika, elektrotexnika mashinasozligi rivojlangan. Aviatsiya jixrzlari, qurol-yarogʻlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan, qoʻlda uy-roʻzgʻor buyumlari, badiiy buyumlar tayyorlanadi, matolar toʻqiladi. Markaziy geofizika boshqarmasi, muzeylar (arxeologiya, Yevropa va Sharq sanʼati) bor.
Shaharga 16-asr oxirlarida asos solingan. 1924—56 yillarda Haydarobod rojaligining poytaxti, keyinchalik Haydarobod shtati, 1956-yildan AndhraPradesh shtatining maʼmuriy markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Chor-Minor Zafar arki (1591), Makka Masjid (17-asr), Golkonda qalʼasi qoldiqlari (16—17-asrlar), Usmoniya universiteti majmuasi (20-asr) bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |