Kontent qismiga oʻtish

Haydamaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haydamaklar, gaidamaklar (turkiycha — haydalmoq) — Oʻng sohil Ukrainada 18-asrdagi xalq-ozodlik harakati qatnashchilari. Tarixiy man-balarda 1717-yildan H. haqida maʼlumotlar uchraydi. H. polyak va ukrain shlyaxtichlari (zodagonlari) mulklarini talontaroj etishgan. H. otryadlari ukrain dehqonlari, Zaporojye kazaklarining eng kambagʻal qatlami, yollanma batraklar, hunarmandlardan tarkib topgan. Chor Rossiyasi H. harakatini bostirishda faol qatnashgan, 1734, 1750 va 1768-yillarda bu harakat yirik xalq qoʻzgʻoloniga aylangan. H. harakatining eng yuqori nuqtasi 1768-yildagi qoʻzgʻolon boʻlgan. Oʻng sohil Ukraina Rossiya tarkibiga kirgach (1793), oʻlkadagi kurash boshqacha tus olgan.

1918—20 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qizil armiya bilan kurashgan ukrain qoʻzgʻolonchilari ham oʻzlarini H. deb atashgan.