Kontent qismiga oʻtish

Havzi lisak madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Havzi lisak madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Havzi lisak madrasasi Buxoroda shunday nom bilan atalgan guzar ham bo‘lgan. U Murdasho‘yon dahasida joylashgan.

Mazkur madrasa nomi dastlab Abu Abdurahmon Abdulloh ma'lumotlarida keltirilgan. Keyinchalik Muhammad Ya'qubning “Gulshan ul-mulukasarida “G‘oibnazar parvonachi Havzi lisak yoqasida madrasa qurdirgan edi” degan ma'lumot mavjud. Ushbu manbadagi ma'lumotlar asosida G‘oyibnazar parvonachining qisqacha tarjimai holini quyidagicha bayon qilish mumkin. Oilada ikki aka-uka bo‘lgan. Akasining ismi Muhammad Amin parvonachi. Otasi Nadrbiy ibn Xo‘jamqulibiy ibn Xudoyqulibiy ibn Keldiyorbiy ibn Javshanbiy ibn Berdibiy ibn Xo‘jamberdibiy mang‘itdir. Xudoyqulibiy Subhonqulixon davrida Kesh viloyatining e'tiborli kishilaridan biri bo‘lib, to‘qsabo amalida bo‘lgan. Ubaydullaxon uni devonbegi mansabiga ko‘taradi va Shahrisabz viloyatiga hokim etib tayinlaydi. U mazkur viloyatda o‘n yil hokimlik qilgan. Abulfay zxon davrida vafot etgan. Uning otaliq lavozimini to‘ng‘ich o‘g‘li Xudoyorbiy egallaydi. U hijriy 1130-yili (1718) Chiroqchida olamdan o‘tadi. Xudoyorbiy otaliq mazkur madrasa sohibi G‘oyibnazar parvonachining bobosi Xo‘jamqulibiyning akasi bo‘lgan. Shu tariqa G‘oyibnazar parvonachi yashagan davr XVIII asrga to‘g‘ri kelgan. Amir Shohmurod bilan zamondosh va qarindosh bo‘lgan.[1]

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 489.