Havo transporti
Havo transporti, aviatsiya transorti — yoʻlovchilar, pochta va yuklarni havo yoʻllari orqali tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yoʻllari boʻlmagan manzillar bilan bevosita transport aloqasini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yaratadi.
Dastlabki Havo transporti Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa va Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Fransiyada transport turi sifatida 1920—21 yillarda rivojlandi. Oʻzbekistonda birinchi havo yoʻli 1992-yil 12-mayda ochildi. Uzunligi 800 km boʻlgan Toshkent—Avliyoota (Taroz) — Pish-pek (Bishkek) — Olmaota marshrutida Rossiya koʻngilli havo floti jamiyati ("Dobrolyot")ning O'rta Osiyo boʻlimi (Kogon shahri)ga qarashli Germaniyadan sotib olingan "Yunkers—13" samolyotlarida dastlabki yoʻlovchilar tashish reysi amalga oshirildi. Shu yili uz. 450 km boʻlgan Kogon—Oq-toʻqay—Dargʻonota—Xiva hamda Buxo-ro—Termiz—Dushanba havo yoʻllari ochildi. 1924-yilda Havo transportida jami 1000 yoʻlovchi, 200 kg pochta joʻnatmalari, 5 t yuk tashildi. 1930-yillar boshidan Oʻzbekiston havo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish ommaviy tus oldi, 1930-yildan Toshkent—Mos-kva yoʻlida samolyotlar muntazam qat-nay boshladi. Toshkent (1932), nukus va Urganch (1939), Termiz (1940), Namangan (1941) shaharlarida aeroportlar qurilib ishga tushirildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Il—12, YL—14. li2 va turli difikatsiyadagi AN—2 samolyotlari t. parklariga berildi. 1957—58 gsarda havo yoʻllarida TU—104, P—18, AN-24, YAK-40 samolyotlari, mi1, mi2, ka26 vertotlari oʻzlashtirildi, mahalliy havo kelarida AN—24, YAK—40 samolyotlari qatnay boshladi. Ayni vaqtda dalalarga mineral oʻgʻitlar va zararkunanda hasharotlarga qarshi preparatlar sepishda, gʻoʻzani defoliatsiya qilish ishlarida avianiyadan keng foydalanildi. Qoʻqon (1947), Samarqand (1948), Qarshi (1955), Buxoro (1963) va Toshkent yaqinidagi Sergeli (1961) da yangi aeroportlar qurildi. 1974-yildan IL-62, 1977-yildan TU—154 samolyotlari, 1982-yil dekabrdan IL—86 aerobuslari respublika havo yoʻllarida ucha boshladi.
1980-yilga kelib Oʻzbekiston havo transporti havo yoʻllarining uz. 155 ming km dan ortiq boʻldi (shu jumladan, mahalliy havo yoʻllari uzunligi 60,1 ming km ni tashkil etdi).
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, 1992-yil 28-yanvarda sobiq Ittifoq Fuqaro aviatsiyasi vazirligi tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi negizida "Oʻzbekiston havo yullari" milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
Havo transporti Oʻzbekiston iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, mamlakatning tashqi dunyo bilan xalqaro, iqtisodiy, diplomatik, madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Fargʻona, Navoiy shaharlarida zamonaviy jihozlangan aerovokzal (aeroport)lar ishlaydi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand, Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi muntazam holda 20 ta xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Yevropa, Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH davlatlari shaharlarida uning 44 ta vakolatxonalari ochilgan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya tarmogʻiga 1 mlrd. 200 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi va rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi.
Barcha xalqaro reyslar "Boing" 767/757, A-310, Yu-85 rusumli samolyotlarda bajariladi. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompani-yasi Yevropadagi yirik "Erbas Indast-ri", AQShning "Boing" kompaniyalari, Rossiyaning "Ilyushin" konstruk-torlik byurosi, Germaniya, Fransiya firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qiladi. Shunday hamkorlik natijasida 1993-yildan milliy avia-kompaniya sotib olgan "Erbas" A—310— 300 aerobuslari, "Boing" laynerlari xalqaro reyslarda yoʻlovchilarga xizmat qoʻrsata boshladi. 2004-yilda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy avia-kompaniyasi 3 ta "Boing 757" va "Bo-ing 767" samolyotlarini sotib oldi va Gʻarb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlari soni 16 taga yetdi.
Respublika Havo transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi, yerdagi xizmat xodimlari "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining uchish oʻquvtexnika markazi (1943-yil 15-mayda tashkil etilgan), Toshkent aviatsiya institutit tayyorlanadi. 2003-yilda Oʻzbekiston Havo transportida 0,8 mln. yoʻlovchi, 5,9 ming t yuk tashildi, yoʻlovchi aylanmasi 3956,5 ming yoʻlovchi km ni, yuk aylanmasi 95,3 ming t km ni tashkil etdi.
Chet mamlakatlarda Havo transporti AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlarda rivojlangan. Bu mamlakatlardagi aviakompaniyalarda 300 va undan ortiq yoʻlov-chiga moʻljallangan fuqaro samolyotlari, ogʻir yuk transport samolyotlari keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |