Kontent qismiga oʻtish

Harry Potter va Azkaban mahbusi (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Potter va Azkaban Mahbusi
Harry Potter and the Prisoner of Azkaban

Film posteri
Rejissyor(lar) Alfonso Cuarón
Ssenariynavis(lar) Steve Kloves
Rollarda
Bastakor(lar) John Williams
Kinematografiya Michael Seresin
Muharrir(lar) Steven Weisberg
Studiya(lar)
Distribyutor Warner Bros. Pictures[1]
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 142 daqiqa[2]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $130 million[4]
Daromadi $796,7 million[4]
Avvalgi film Harry Potter va maxfiy hujra
Keyingi film Harry Potter va Alanga kubogi

Harry Potter va Azkaban mahbusi (inglizcha: Harry Potter and the Prisoner of Azkaban) — 2004-yilda ishlangan hamda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan fantastika janrida olingan AQSh filmi. Film gʻoyasi J. K. Rowlingning Harry Potter va Azkaban mahbusi (1999) kitobiga asoslangan hisoblanadi.

Harry Potter, xolasi Petunia va amakisi Vernon bilan yashayotgan bir paytda, Vernonning singlisi tashrif buyuradi. Harry ota-onasini haqoratlagani uchun uni pufak kabi shishirib yuboradi va u osmonga uchib ketadi. Gʻazabda boʻlgan Harry, darhol jamadonini yigʻishtirib, uydan chiqib ketadi. U koʻchada oʻtirganida, afsungarlarni eltish xizmati uchun moʻljallangan avtobus keladi va Harryni Toshqozonga olib boradi. Harry u yerda Sehrgarlar Vaziri bilan uchrashadi va Azkaban mahbusi boʻlmish Sirius Black qochganidan xabardor boʻladi. Janob Vazir Harryga xolasining uyida qilgan ishlarini bilishini aytadi va Hogwartsda yangi oʻquv yilini boshlash uchun unga oʻquv kitoblarini beradi. Ertasi kuni Harry Hermione Granjer va Ron Weasley bilan uchrashadi va poyezdda Hogwarts tomon yoʻl oladi.

Ular poyezd orqali Hogwartsga ketayotgan bir paytda, Sirius Blackni izlab, Azkaban qoʻriqchilari boʻlgan dementorlar keladi. Harry bundan qattiq qoʻrquvga tushadi va hushini yoʻqotadi. Dementorlarni esa Remus Lupin haydaydi. Hogwartsda hushiga kelgan Harry, Sirius Black haqida ma-lumotlar toʻplay boshlaydi. Remus Lupin oʻzining darsida oʻquvchilarga qoʻrquvini yengish uchun afsun oʻrgatadi. Har bir oʻquvchi qoʻrquvini tasavvur qilishi va sandiqdan shu oʻquvchining qoʻrquvi chiqishi lozim edi. Harryning navbati keladi va Harry dementorlarni oʻylaydi va karax boʻlib qoladi. Dementorlarning Lord Voldemortga aylanishidan choʻchigan Lupin, darhol sandiqni yopadi va darsni nihoyasiga yetkazadi. Harry professor Lupindan poyezddagi kabi dementorlarga qarshi afsun oʻrgatishini aytadi va Lupin albatta bir kun oʻrgatishini aytmoqda. Biroz vaqtdan keyin, Hogwartsda oʻquvchilarga Rebeus Hagrid tomonidan hipogrif Tumshuqqanot jonivori koʻrsatiladi. Harry ushbu mavjudotni boʻysundiradi va unda parvoz qiladi. Harryning parvoziga hasad qilgan Draco Malfoy Tumshuqqanotga yomon munosabat bildiradi va Tumshuqqanot tomonidan jarohat oladi. Keyinchalik, Draco Malfoy buning uchun Hagridning hipogrifiga jazo qoʻllanilshini Sehrgarlik Vazirligidan soʻragan. Vazirlik esa Tumshuqqanotni oʻlimga mahkum etadi va ertangi kunga qatl qilishni belgilab qoʻyadi.

Maktabda har yili oʻtkaziladigan krizich oʻyinida shu safar ham Harry ishtirok etadi. Ammo, Harry oltin toʻpni tutish chogʻida dementorlarga duch keladi va hushini yoʻqotib, oʻttiz metr balandlikdan yerga qulab tushgan. Qulash chogʻida esa Albus Dumbledore tomonidan qutqarilib qoladi. Hushiga kelgan Harry, uchar supurgisi singanini va oʻyinda uning jamoasi magʻlub boʻlganligini bilib oladi. Keyinchalik, maktab hududida Sirius Black izgʻib yurishi haqidagi mish-mishlar tarqalib ketadi. Egizak Weasleylar tomonidan Harryga sehrli xarita beriladi. Ushbu sehrli xarita orqali Hogwartsda kim qayerda ekanligini bilsa boʻlar edi. Harry, Hermione va Ron birgalikda Sehrgarlik Vazirini kuzatishadi. Harry koʻrinmas yopinchiq yordamida Vazir va bir ayolning suhbatini tinglaydi. Tinglash chogʻida, u Sirius Black ota-onasiga xiyonat qilganligi, Lord Voldemort bilan til biriktirganligi, Peter Pettigrewni bir barmogʻidan tashqari, barcha tana a-zolarini yoʻq qilib yuborganligi hamda choʻqintirgan otasi ekanligini bilib oladi. Gʻazablangan Harry, suhbat ketayotgan uydan chiqib ketadi va doʻstlariga Blackni oʻldirishiga soʻz bermoqda. Shu kuni kechasi Harry, sehrli xaritadan foydalanadi va sehrli xarita marhum Peter Pettigrew maktab hududida yurganini koʻrsatadi. Buni koʻrish uchun Harry Pettigrew harakatlanayotgan joyga boradi, ammo uni koʻrmaydi va xarita adashgan degan xulosaga keladi. Kuzatish chogʻida, Harry Severus Snape tomonidan ushlanadi, ammo Harryni Remus Lupin halos etadi. Harry Lupinga sehrli xaritani topshirar ekan, u xarita Pettigrewni koʻrsatayotganini aytadi.

Uchlik Hagridning uyi tomon yoʻl oladi va u yerda hozir hipogrif qatl qilinishini bilishadi. Hagridning uyiga Dumbledore, Vazir va jallod kelishadi. Buni koʻrgan Harry, Hermione va Rone yashirincha uydan chiqib ketishadi va koʻrmasdan turib, jallod tomonidan chiqarilgan tovush tufayli Tumshuqqanot oʻlgan degan xulosaga kelishadi. Shu payt Ronning Scabber nomli kalamushi uning qoʻlini tishlab, qochib ketadi. Uchlik kalamushni axtarib yurgan qora tusli yirik mushukga duch keladi. Ushbu yirik mushuk kalamush va Ronni bir sehrli daraxtning ichiga olib ketadi. Sehrli daraxt bilan kurashgan Harry va Hermione, daraxtning ichiga kirishadi. Ular u yerda yirik mushuk qiyofasini oʻzgartirgan Sirius Black ekanligini bilib olishadi. Harry sehrli tayoqcha yordamida, ota-onasiga xiyonat qilishda Siriusni ayblab, unga tahdid qilayotgan bir chogʻda, Remus Lupin kelib, Harryni qurolsizlantiradi va Sirius aybsizligiga ishontiradi. Hermione esa Lupin tunda beixtiyor boʻriga aylanishini isbotlab beradi. Siriusning aytishicha, hamma ayb Peter Pettigrewda boʻlib, u hozirda Ronning kalamushi Scabber edi. Keyin Snape kelib qoladi va Lupin va Siriusga tahdid qiladi. Harry esa Hermionening sehrli tayoqchasi orqali Snapeni hushidan ketkazadi. Lupin va Sirius, Peter Pettigrewni kalamush qiyofasidan oʻz qiyofasiga oʻtishiga majbur qiladi. Oʻz qiyofasiga oʻtgan Peter Pettigrew hamma aybini tan oladi. Ular Pettigewni oʻldirmoqchi boʻlganda, Harry toʻxtatib qoladi va Azkabanga yuborishga qaror qiladi. Jamoa daraxtdan chiqishadi va Sirius Harryga oʻzi bilan birga yashashni taklif qiladi. Biroz vaqt oʻtib, jmoa Pettigrewni Hogwartsga olib ketishni rejalashtirayotgan bir paytda, osmonda toʻlin oy paydo boʻladi va Lupin boʻriga aylanadi. Vaqt foydalanib, Peter Pettigrew kalamush qiyofasiniga kirib oladi va qochib ketadi. Boʻri Harry, Hermione va Ronga hujum qilayotganda, ularni Sirius yirik mushuk qiyofasiga kirib qutqarib qoladi. Endilikda, boʻri Siriusga hukum qilmoqda. Boʻrini chalgʻitish maqsadida, Harry unga tosh otadi. Boʻri Harryga hujum qilayotganda, qayerdandir boʻrining ovozi eshitiladi. Ovozni eshitgan boʻri tovush kelgan tomonga qarab ketadi. Boʻri tomonidan yaralangan Sirius inson qiyofasiga qaytib, koʻl yoqasiga boradi. Harry ham Siriusdan xabar olish uchun u yerga boradi. Ammo, u yerda ular dementorlarga duch kelishadi. Harryni dementorlardan koʻlning boshqa bir yoqasida turgan notanish qutqarib qoladi va Harry hushidan ketadi. Harry Hogwartsda hushiga keladi va oʻzini va Siriusni, otasi James Potter qutqargan degan xulosaga kelmoqda. Uning bilishicha, Sirius ushlangan va shu kecha Azkabanga olib ketiladi. Siriusning aybsizligini isbotlashga urinayotgan Harry va Hermione, Albus Dumbledorega murojaat qiladi. Dumbledore oʻtmishga qaytishni taklif qiladi va Ronning oyogʻi jarohatlangani tufayli Harry va Hermione oʻtmishga qaytishadi.

Ular Tumshuqqanotning qatl etilishidan biroz muddat avvalroq vaqtga kelishadi. Ular sirli tarzda oʻzlarini koʻrib hayratga tushishadi. Keyin ular Hagridning uyiga borib, Tumshuqqanotni zanjirdan ozod etishadi. Jallod esa bu hipogrifning yoʻqligini koʻrib, oʻsha yerdagi bir qovoqni ikkiga ajratadi (Harry, Hermione va Ron shu tovush tufayli Tumshuqqanotni oʻlgan deb oʻylashgan). Harry va Hermione Lupin boʻriga aylangancha, kuzatib turishadi. Boʻri oʻtmishdagi Harryga hujum qilayotgan paytni uzoqdan kuzatib turgan Hermione boʻriga oʻxshash ovoz chiqaradi va boʻrini oʻziga jalb qiladi (Boʻri Hermionening ovozini eshitgan va ovoz tomon ketgan). Harry va Hermione tomon kelayotgan boʻri hipogrif Tumshuqqanot tomonidan haydab yuboriladi. Keyin Harry va Hermione dementorlar ichida qolgan Harry va Siriusni koʻrishadi. Harry hozir otasi kelib, ularni qutqarishiga ishonayotgan edi. Oxir-oqibat, oʻzini va Siriusni qutqargan notanish otasi emas, balki oʻzi ekanligini tushunib yetadi va dementorni Lupin oʻrgatgan afsun yordamida haydab yuboradi. Keyin, ular Sirius olib ketilgan paytda hipogrif yordamida parvoz qilib, uni qutqarishadi. Harry Sirius oqlanmagani tufayli u bilan birga keta olmaydi. Hamma ishni bitirishgandan soʻng, Harry va Hermione bugungi kunga qaytishadi.

Harry va Hermione bu sayohatni sir tutishadi. Harryga notanish kishidan sovgʻa olib kelinadi. Bu sovgʻa eng zamonaviy uchar supurgi edi. Bundan quvongan Harry, doʻstlarining hayrati bilan ushbu uchar supurgida uchadi.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „HARRY POTTER AND THE PRISONER OF AZKABAN (2004)“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 24-iyul 2018-yil.
  2. Harry Potter and the Prisoner of Azkaban (PG)“. British Board of Film Classification (13-may 2004-yil). Qaraldi: 27-dekabr 2015-yil.
  3. Harry Potter and the Prisoner of Azkaban (2004) Film Forever
  4. 4,0 4,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BOM