Harry Johnston
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Henry Johnston | ||
Tavallud sanasi | 26-sentyabr 1919-yil | ||
Tavallud joyi | Manchester, Angliya | ||
Vafot sanasi |
12-oktyabr 1973-yil (54 yoshda) | ||
Vafot joyi | Manchester, Angliya | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
193?–1934 | Droylsden | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1934–1955 | Blackpool | 386 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
1946–1953 | Angilya | 10 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1955–1962 | Reading | ||
1969 | Blackpool (vaqtinchalik murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Henry Johnston (1919-yil 26-sentyabr – 1973-yil 12-oktyabr) ingliz futbolchisi. U 1951-yilda Futbol Yozuvchilari Uyushmasi tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan. U butun professional futbolchilik faoliyatini „Blackpool“ da oʻtkazdi. Johnston ushbu jamoa bilan uchta Angliya kubogi finalida qatnashib, bittasida gʻalaba qozondi. Faoliyati davomida u yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[1].
Klub Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Johnston Manchesterda tugʻilgan. Uni 15 yoshida Blackpool shogird sifatida ijaraga oldi. Uch yildan soʻng, 1937-yil 20-noyabrda u Deepdeylda azaliy raqibi Preston North Endga 2:0 hisobida magʻlub boʻlib, debyut qildi. Natijaga qaramay, Johnston uchrashuvning eng yaxshi odami deb topildi[2]. Mavsumning soʻnggi oʻyinida „West Bromwich Albion“ ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. U „Blackpool“ ning 3:1 hisobidagi gʻalabasida uchinchi golini kiritdi. Keyingi mavsumda u Seasiders jamoasida muntazam oʻynadi.
Johnston Yaqin Sharqda xizmat qillib, urushdan soʻng Blackpool jamoasining ajralmas qismiga aylandi[1]. Kapitan sifatida Johnston ularni 1948, 1951-yillarda Angliya kubogi finalida, 1953-yilda eng mashhur finalda boshqargan, Oʻsha davrda u kubokni koʻtargan birinchi va hozirgacha yagona „Blackpool“ sardori hisoblanadi. U faoliyati davomida musobaqada 40 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta goʻl urgan.
1951-yilda Jonston FWA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga boshqa yirik klublardan takliflar tushgan, ammo u har doim Blackpoolni tanlagan[1].
U oxirgi oʻyinini 1955-yil 25-aprelda „Newcastle United“da oʻtkazdi. Oʻsha paytda u „Blackpool“ tarkibida boshqa oʻyinchilarga qaraganda koʻproq oʻyin oʻtkazgan. Bu rekord keyinchalik Jimmy Armfield tomonidan yangilandi[1].
Blackpool shon-sharaf zali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Johnston 2006-yil aprel oyida Bloomfield Roaddagi Shon-sharaf zaliga kiritildi[3]. Bu Blackpool tarafdorlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, butun dunyo boʻylab Blackpool muxlislari oʻzlarining barcha davr qahramonlari uchun ovoz berishdi. Har oʻn yillikda beshta oʻyinchi kiritiladi[4].
Xalqaro martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning xalqaro faoliyati juda qisqa boʻlib, yetti yil ichida Angliya terma jamoasi safida bor-yoʻgʻi oʻnta oʻyinda maydonga tushdi.
Pensiyadan keyingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1955-yil oxirida Johnston „ Reding“ ning menejeri boʻldi va u bilan yetti mavsumni oʻtkazdi. U 1967-yilda Bloomfield Roadga Stan Mortensenning yordamchi menejeri sifatida qaytdi. 1970-yil fevral oyida u kotib yordamchisi boʻldi. Uning vazifasi kassadagi chiptalar va klub dasturini tahrirlashini oʻz ichiga oladi[2].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Boʻlim | Liga | Angliya kubogi | Boshqa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | |||
Blackpool | 1937–38-yillar | Birinchi divizion | 20 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 22 | 1 |
1938–39 | 35 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 36 | 0 | ||
1939–40 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | ||
1946–47 | 39 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 40 | 0 | ||
1947–48 | 36 | 1 | 6 | 1 | 0 | 0 | 36 | 2 | ||
1948–49 | 36 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 39 | 0 | ||
1949–50 | 39 | 2 | 4 | 0 | 0 | 0 | 43 | 0 | ||
1950–51 | 38 | 7 | 8 | 0 | 0 | 0 | 46 | 7 | ||
1951–52 | 31 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 32 | 1 | ||
1952–53 | 36 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 43 | 0 | ||
1953–54 | 35 | 0 | 4 | 1 | 1 | 0 | 40 | 0 | ||
1954–55 | 41 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 42 | 0 | ||
Blackpool | 386 | 11 | 38 | 3 | 4 | 0 | 428 | 14 | ||
Umumiy faoliyat | 386 | 11 | 38 | 3 | 4 | 0 | 428 | 14 |
Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Goʻllar |
---|---|---|---|
Angliya | 1946-yil | 1 | 0 |
1947-yil | 1 | 0 | |
1951-yil | 1 | 0 | |
1953-yil | 7 | 0 | |
Jami | 10 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Calley, R: Blackpool: A Complete Record: 1877–1992, Breedon Books Sport, 1992
- ↑ 2,0 2,1 Gillatt, Peter. Blackpool FC On This Day: History, Facts and Figures from Every Day of the Year. Pitch Publishing Ltd, 30 November 2009. ISBN 978-1-905411-50-4.
- ↑ Legends: The great players of Blackpool FC, 1 Singleton, Steve: , Blackpool: Blackpool Gazette, 2007 — 16–19-bet. ISBN 978-1-84547-182-8.
- ↑ „The Hall of Fame – 1950's“. Blackpool Supporters Association. 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 26-sentyabrda tugʻilganlar
- 1919-yilda tugʻilganlar
- Manchesterda tugʻilganlar
- 12-oktyabrda vafot etganlar
- 1973-yilda vafot etganlar
- Manchesterda vafot etganlar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Blackpool F.C. futbolchilari
- Droylsden F.C. futbolchilari
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Futbolchilar haqidagi chala maqolalar