Kontent qismiga oʻtish

Harbiy asirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy asirlar (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomon qurolli kuchlari (shu jumladan koʻngilli partizan otryadlari, Qarshilik koʻrsatish harakati qatnashchilari va boshqalar)ga mansub boʻlib. dushman qoʻliga tushib qolgan kishilar. Harbiy muxbirlar, savdo floti va fuqaro aviatsiyasining ekipaj aʼzolari va boshqa ham Harbiy asirlar boʻlishi mumkin. Harbiy asirlik maqomi quruqlikda urush olib borish qonun-qoidalari haqidagi Nizom (1907-yilgi 4-Gaaga konvensiyasiga ilova) va Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisidagi Jeneva kon-vensiyasi (1949)ga binoan tartibga solib turiladi. Ushbu Konvensiyaning 4-moddasida kimlar Harbiy asirlar boʻlishi mumkinligi va ularning huquqiy maqomi koʻrsatilgan. Harbiy asirlarga nisbatan uru-shayotgan tomonlar insoniy munosabatda boʻlishlari lozim. Ularni oʻldirish, jismoniy ziyon yetkazish, ular ustida ilmiy yoki tibbiy tajriba oʻtkazish man etiladi. Harbiy asirlar vaqtincha dushman qoʻlida hisoblanib, dushman tomoni ularning takdiriga toʻliq javob beradi. Harbiy asirlar faqat oʻzining ism-sharifi, unvoni, tugʻilgan vaqti va shaxsiy raqamini aytishga majbur, ular qandaydir maʼlumotlar olishga majbur qilinmasligi lozim. Harbiy asirlar oʻz mehnatiga haq olishi, hayot uchun xavfli va qadr-qimmatni pastga uruvchi ishlarga jalb etilmasligi kerak. Harbiy asirlar oʻzlari uchun maxsus moʻljallangan la-gerlarda joylashtirilishi mumkin. Ular oziq-ovqat, kiyim-kechak va tibbiy yordam bilan taʼminlanishlari lozim. Harbiy asirlarga yakka tartibda intizomiy va jinoiy jazo qoʻllanishi, lekin faqat bir qilmish yoki jinoyat uchun bitta jazo belgilanishi mumkin. Harbiy asirlarning qochib ketishi jinoiy xat-ti-harakat emas, agar u muvaffaqiyatli amalga oshmasa, Harbiy asirlar faqat intizomiy jazoga tortiladi. Urush tugagandan soʻng davlatlar barcha Harbiy asirlarni maxsus kelishuvlar asosida umumiy repatriatsiya tartibida doimiy yashash joylariga qaytarishlari lozim. Qisman repatriaiiya urush tugagunga qadar ham oʻtkazilishi mumkin.

"Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluq-li" (1949-yil 12 avgust) Jeneva konvensiyalariga 1977-yil 8-iyundagi I Qoʻshimcha protokolda Harbiy asirlar tushunchasi urush olib borish usullarini hisobga olgan holda kengaytirilgan (43-modda) hamda Harbiy asirlar maqomi berilishining kafolatlari mustahkamlangan (44, 45 va 77-moddalar).

Oʻzbekiston Respublikasi 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va 1977-yilgi ularga qoʻshimcha Protokollarga 1993-yilda qoʻshilgan. Mamlakatimizning mazkur xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishi barcha fuqarolar zimmasiga xalqaro gumanitar huquq qoidalariga rioya etish, shuningdek, ana shu shartnomalarga amal qilinishini taʼminlash masʼuliyatini yuklaydi.

  • Xalqaro gumanitar huquq: Jeneva kon-vensiyalari tuplami, T.. 2002; Xalqaro guma-nitar huquq. Insonparvarlik va xayrixohlik muammolari instituti (masʼul muharrir A.X. Saidov), T., 2000.