Kontent qismiga oʻtish

Hamshira (jurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"HAMSHIRA" — hamshiralar, feld-sherlar va boshqa tibbiyot xodimlari uchun moʻljallangan ilmiy-amaliy, tibbiy-maʼrifiy jurnal. 1997-yil 10-fevral dan Toshkentda nashr etiladi. 1 yilda 4-marta chiqadi. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi MK, "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaa markazi. Jur.ning vazifasi oʻrta tibbiyot xodimlari bilimini hamda maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish; ularni shifobaxsh tabiat va tibbiyot tarixi bilan tanishtirish, shuningdek, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda inson salomatli-giga oid barcha masalalarni keng koʻlamda muntazam yoritib borishdan iborat. Bundan tashqari jur.da sogʻliqni saqlash muassasalarida xizmat qilayotgan oʻrta tibbiyot xodimlarining vazifalari, huquq va javobgarliklari, ularni jahon andozasiga mos faoliyat yuritishlari, unda respublikamiz oʻrta tibbiyot xodimlarining xorijiy hamkasblari bilan hamkorligi hamda ular oldida turgan eng dolzarb muammolarga oid materiallar asosiy oʻrnini egallaydi. Adadi 26000 (2005). Muharriri Farhod Oqilov (2000-yildan).