Halimboy Boboyev
Halimboy Boboyev (1942.10,8, hozirgi Tojikiston Respublikasi, Shahriston tumani) — huquqshunos olim. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), yuridik fanlari doktori (1993), professor (1994). ToshDU yuridik fakultetini tugatgan (1970), fakultetda oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, dekan muovini, kafedra mudiri (1973—91). Toshkent davlat yuridik instituti prorektori (1991 — 92), davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri (1992—95), rektori (1995-yildan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston siyosiy va huquqiy qarashlarning tarixi, davlatchilikning rivojlanishiga bagishlangan. B. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etdi. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-yildan). Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata (1994—99). Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi (1999-yildan)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amir Temur va temuriylar saltanati, T., 1996; Oʻzbek milliy davlatchiligi tarixi, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |