Half-Life 2: Ikkinchi epizod
Half-Life 2: Episode Two | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Valve |
Nashir etuvchi | Valve |
Chiqarilgan sana | |
Ssenariy muallifi | |
Bastakor | Kelly Bailey |
Oʻyin seriyasi | Half-Life |
Janr | FPS(Birinchi shaxs otish o`yini) |
Platformalar | |
Oʻyin rejimlari | Bir o`yinchilik |
Half-Life 2: Ikkinchi epizod - 2007 yil Valve tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan birinchi shaxs otish o`yini. Birinchi epizoddan keyin (2006), bu Half-Life 2 (2004) hikoyasini davom ettiradigan ikkita qisqa epizodik qismlarni ikkinchisi. O'yinchilar Gordon Freemanni boshqaradi, u o'z ittifoqi Aleks Vens bilan 17-shaharni o'rab olgan tog'lar orqali qarshilikdagi ittifoqchilar markaziga sayohat qilishadi. Seriyadagi avvalgi o'yinlar singari, Ikkinchi bo`lim o'qishni, turli-xil pazllar hal qilishni va hikoya elementlarini birlashtiradi, ammo keng muhit va kamroq chiziqli tartiblarni qo'shadi.
Ikkinchi bo`lim 2007-yil 10 oktabr kuni Windows uchun Valvening Steam tarqatish xizmatida, va Xbox 360 va PlayStation 3 uchun Valve o'yinlarining jamlanishi hisoblanadigan The Orange Box-ning bir qismi sifatida chiqarildi. PlayStation versiyasi Electronic Arts tomonidan ishlab chiqarilgan. Ikkinchi epizod ijobiy sharhlIkkinchi qism.
Half-Life 2: Uchinchi epizod 2007-yilgi Rojdestvo uchun e'lon qilingan edi, ammo Valve qismlab o`yin ishlab chiqarish tizimini rivojlanishini tashlab ketgani sababli bekor qilingan. 2020-yilda Valve yana bir nechta Half-Life loyihalarini bekor qilgandan so'ng, Half-Life: Alyxni chiqardi.
O'yin qismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oldingi Half-Life o'yinlari kabi, Ikkinchi bo`limda o`yinchi Gordon Freeman sifatida transodam qo'shinlar(Kombayn) va o`zga sayyoralik dushmanlarga qarshi o`ynaladi. Yo`llar chiziqli, lekin shunga qaramasdan pazl, ochiq muhit va birinchi shaxs otish o`yin qismlarini o`z ichiga olgan . O`yin davomida avtomobillar bilan bog`langan ko`pchilik hodisalar bo`ladi, bu esa o`z o`zrnida jangda o'yinlarni uzaytiradi.
Ikkinchi qismda asosiy e`tibor ochiq joylarda transport vositalaridan foydalanishga qaratilgan. Biroq, o'yin o'zining asl chiziqli uslubini yakuniy janggacha qadar saqlab qoladi.[1] Ikkinchi bo`limda birinchisiga qaraganda ko`proq pazllar mavjud, shu jumladan, seriyadagi eng katta pazl bo`lgan - zararlangan ko'prik. Oldingi ikki o'yinda bo'lgani kabi, Ikkinchi qismda ham ko`pchilik "yutuq"lar(achievements) (PlayStation 3 mukofotlari va Xbox Live-ning yutuqlar sistemasiga o'xshash) mavjud. Ba'zilari o'yin taraqqiyoti uchun muhimdir, masalan, chumoli sherlar bosqinchiligiga qarshi kurashishda yoki birinchi kombayn ovchilarini mag'lub qilishda yordam berish. Boshqalar esa o'z granatalari bilan kombayn askarini o'ldirish yoki mashina bilan muayyan son dushmanlarni bosib o'tish kabi tryuklar yoki o'yinchi bajarishi mumkin bo'lgan yutuqlardir.[1][1]
Dushmanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi epizodda o`yinchi Birinchi epizodda yozib olingan xabarda qisqa vaqtga ko'ringan Kombayn Ovchisini kuzatishi mumkin. Kombayn Ovchisi o'yinning eng xavfli dushmanlaridan biri deb hisoblanadi. Ovchi kuchli va chidamli dushmandir, o'yinchilar ularga qarshi kurashishda ehtiyot bo`lib, pana joylarni topish kerak va o`yinning muhitlari buni yodda tutgan holda yaratilgan. [2]
2006-yil avgust oyida PC Gamer jurnalidagi intervyu Ovchining balandligi 2,4 metr ekanligini yoritib berdi. Erik Johnson, o'yinning loyiha rahbari, kombayn ovchilari "ular yirik mavjudotlar, lekin ular o'yinchi kirib biladigan hamma joyga borishi mumkin", chunki o'yinchilar ularni ichkarida ham, tashqarida ham uchratishlari mumkin.[3] Valvening bosh rassomi Ted Bekman, Ovchining odam bo`lmay turib his-tuyg'ularini qanday ifodalashi mumkinligi haqida gapiradi. "Biz ovchini hujumkor, jarohatlangan yoki g'alati bo`lishini ko`rsata olishini xohlaymiz, ". Biz ularni o`yinning oxirida Strayderlarni yo`l boshlab o`z igna otar qurollari orqali o`yinchiga hujum qilayotganligida ko`rishimiz mumkin.[4]
Avvalambor ovchilar o'yinchiga ko`proq jarohat yetkazish uchun uni iloji boricha o`ziga yaqin olib keladi, agar bu mumkin bo`lmasa u o`z igna otar qurollari bilan hujum qilishni boshlaydi. Uni to`rtta ignasi oddiy inson askarini yo`q qiladi. Agar ular tirik jonga tegmasalar, ular bir necha soniya davomida portlaydilar va atrofdagi barcha narsalarga salbiy zarar yetkazadilar. Agar jangchi juda yaqin bo'lsa, ovchilar o`z oyoqlari bilan hujum qilishlari mumkin. Ovchilarga barcha qurollar orqali zarar keltirish oson, lekin eng sifatlisi granata va puls-qurolining energetik hisoblanadi. Gravitatsion qurol ham, ayniqsa, uning ignalari sanchilgan obyektlarni otsa juda sifatli qurol bo`la oladi. Tashqi muhitlarda ularni transport vositasi bilan bosib o'tish mumkin. [5]
Qurollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi bo`limda Gordon Freemanning qurol-yarog'ida boshqa qo'shimchalar yo'q. Buning o'rniga, Valve o'yinchilar uchun gravitatsion qurolning obyektlarni tutib olish va otib yuborish tizimini yanada rivojlantirdi. Ular avvalgi nishonga olish uchun noqulay bo`lgan yonilg`i kanistralaridan tashqari daraxt palagi,chiroqchalar va kichkina butan kanistralarini qo`shdi,. [6]
O'yinning oxirgi paytlarida, o'yinchi "Magnusson qurilmasi" dan foydalanadi, loyihalashtiruvchi Dario Kasali uni "Strayderning ichki quvvat manbayidan quvvat oladigan va uning qorniga otiladigan yopishqoq bomba" deb tasvirladi. O'yinchi gravitatsion qurolini ishlatib, bombalarni dushman Strayderlariga otadi; bombalar o'yinchining boshqa qurollari bilan otilganda portlaydi va darhol ularni yo'q qiladi. Shuning uchun ham Kombaynlar Strayderlarga yo`l boshlash uchun o`z Ovchilarini yuborishgan:ular bu bombalarni yo`qotishni o`zining birinchi darajadagi maqsadi deb hisoblashadi, ularni o'yinchining qo'lida yo'q qiladi yoki allaqachon otilganlarni yo`qotadi. [6]
Avtomobillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'yinning katta qismlari 1969-yilda qurilgan va qayta tiklangan Dodge Chargerni haydashdan iborat. U ish tizimlari uchun sozlangan. O'yin oxirida avtomobilga radar tizimi o'rnatiladi, bu o'yinchiga ittifoqchilarni ta`minot omborlarini topishda yordam beradi. Yakuniy jangda Magnusson qurilmasi uchun mashinaning orqasida ularni saqlash uchun kichkina platforma quriladi va radar tizimi dushmanlarni va magnusson qurilmalari turadigan onmborlarni kuzatib turish uchun qaytadan tuziladi . O'yinchi HEV kostyumi ichida o`qish grafik tizimida yakuniy jangda mashinani tezda topishi uchun uy belgisi ham o'rnatilgan. [7]
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kombayn Qal'aning vayron bo'lishiga javoban dunyolararo portalni ochishga harakat qiladi, chunki bu ularga qo'shimcha kuchlarni chaqirish va qarshilikni yengish imkonini beradi. 17-shahar tashqarisida, Gordon Friman va Aleks Vens ( Merle Dandridge ) shahardan qochish uchun foydalangan poyezdning vayronalari ostidan chiqib olishadi. Ikkalasi uzatish stantsiyasiga boradilar, u yerda ular Oq o'rmon raketa inshootiga allaqachon yetib borgan Ayzek Klayner ( Garri S. Robins ) va Ilay Vens ( Robert Guillaume ) bilan aloqaga chiqishadi. Klayner va Eli ularga Aleks olib yurgan nusxa ko'chirilgan Kombayn o`tkazgichi portalni yopishi mumkinligi haqida xabar beradi. Ular tashlab ketilgan konga yo'l olishadi, va u yerda Aleks Kombayn kuchlari tomonidan og'ir yaralanadi. Vartigont ( Toni Todd ) keladi va ikkalasini yer osti ittifoqchilar postiga olib boradi, u yerda Frimanga Aleksni davolash uchun yaqin atrofdagi chumolisherlar koloniyasidan lichinkalarni yig'ish buyuriladi. Lichinkalar yig'ilgandan so'ng, vartigontlar Aleksni davolay boshlaydi va G-Man ( Maykl Shapiro ) Freeman bilan bog'lanish imkoniyatidan foydalanadi va o`zini Aleksni Black Mesa tadqiqot markazidan qutqarganini ko'rsatadi. G-Man hushidan ketgan Aleksga "kutilmagan oqibatlarga tayyorlanishini" aytishni buyuradi.
Aleks tuzallganidan so`ng, u Freeman bilan Oq o'rmonga boradi va u yerda ular Ilay, Klayner va It bilan birlashadilar, va Arne Magnusson ( Jon Aylvard ) bilan tanishadilar. Oq O`rmon ittifoqchilar muassasasi olimlari Kombayn yaratgan portalni kod orqali uchiriladiggan raketa yasash arafasida bo`ladi. Friman muassasaga bo`lgan hujumni qaytargandan so'ng, Aleks Klaynerga Judit Mossman ( Mishel Forbes ) tomonidan yozilgan xabarni beradi, unda yillar oldin g'oyib bo'lgan Aperture Science tadqiqot kemasi Borealis joylashgan. Klayner va Ilay undan foydalanish yoki yo'q qilish haqida bahslashadi, lekin ikkalasi ham Aleks va Friman kemaga borib, Mossmanni topishi kerakligiga rozi bo'lishadi. Aleks ongsiz ravishda G-Manning xabarini otasiga yetkazadi va uni bezovta qiladi. Ilay Frimanga G-Man Black Mesa hodisasiga sabab bo'lgan sinov namunasini taqdim etganini va Friman sinov xonasiga kirganida u Ilayga xuddi shunday ogohlantirishni pichirlaganini aytdi. Ilay portal yopilgandan so`ng bu haqida ko`proq gapirib berishini aytadi.
Olimlar raketani tayyorlayotganda, Oq o'rmon yana bir Kombayn hujumiga uchraydi. Freeman Magnusson tomonidan yaratilgan eksperimental portlovchi qurol yordamida hujumchilarni mag'lub etadi. Olimlar raketani uchirishadi va portalni yopadilar, shunday qilib Yerda qolgan barcha Kombayn kuchlarini tuzoqqa ildiradilar . Aleks va Freeman Borealisga jo'nashga tayyorgarlik ko'rayotganida, Eli bu kemaning "yuki" haqida ogohlantirish beradi. Uchalasi vertolyotga chiqish niyatida angarga yo'l olishadi, lekin birdan ikkita Kombayn maslahatchisi paydo bo'lib, ularni ushlab turishadi. Keyin maslahatchilardan biri Ilayni o`ldiradi va shu vaqtning o`zida It ularga hujum qilib qochirib yuboradi. Aleks keyin o`z otasini jasadi ustida yig`laydi.
Rivojlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi epizod Half-Life 2 (2004) hikoyasini davom ettiradigan qisqaroq epizodik o'yinlarning rejalashtirilgan trilogiyasining ikkinchi qismi edi. [8] U birinchi epizod (2006) bilan bir vaqtda Devid Speyrer boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o'zida rivojlanishning ushbu jadvali ularga ikkita o'yin o'rtasida g`ayratona hikoya yaratish uchun yordam berdi. Foydalanilgan texnologiya ikkala o'yin uchun ham bir xil bo'lib, ishlab chiqish guruhlariga ikkala o'yinda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday texnik muammolarni tezda hal qilish imkonini berdi; Bu ko'p platformali versiya tufayli tez-tez sodir bo'ldi. [9] Jamoa dastlab o`yinni oxirida yakunni Gordon kosmosga uchirgan raketada tashqarisida kosmosda suzuvchi Klaynerning uy hayvoni bo`lgan hedkrab Lamar bilan kulgili namoyish qilishni rejalashtirgan edi; ammo, Valve prezidenti Geyb Nyuell Uchinchi epizod uchun o`yinchilarni qiziqshlarini so`ndirmaslik uchun biron-bir bosh qahramon o`ldirish kerakligini aytib o`tdi.
2006 yil 13 iyulda E`lon paydo bo`ldi, ikkinchi qism ham birinchi qismga o`xshab shaxsiy kompyuterlarga qo'shimcha ravishda Xbox 360 va PlayStation 3 da chiqariladigan bo`ldi. [10] Valve kompaniyasi kompyuter va Xbox 360 uchun ishlanmalar bilan shug'ullangan, Electronic Arts (EA) esa PlayStation 3 versiyasida ishlagan. [11] 2007-yil 7-sentabrda oʻyinning PlayStation 3 versiyasi kechiktirilishi eʼlon qilindi, chunki uni ortida turgan EA(Electronic Arts) studiyasi Buyuk Britaniyada, Valvening o`yinni ishlab chiqarayotgan guruhidan uzoqda bo`lgani uchun jadvaldan ortta qolishgan. Valve marketing direktori Dag Lombardining so'zlariga ko'ra,Half-Life Ikkinchi epizod Xbox 360, PlayStation 3 va kompyuter versiyalari funksionallik va ishlash jihatidan bir xil bo`lishini ta`kidlab o`tgan. [12]
Birinchi epizod va Lost Coast-da bo'lgani kabi, bu o`yin uchun ham audiosharh yaratilgan. [13] Toni Todd Vortigontlarning ovozi sifatida Louis Gossett o'rnini egalladi. [14] [15]
Dunyo tomonidan qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Half-Life 2: Ikkinchi epizod GameRankings ko`rib chiqish agregatorida 22 ta ishtirokchilar sharhlaridan kelib chiqib o'rtacha 90,68% ball oldi. Metacriticda u 21 ta ishtirokchilar sharhlariga asoslangan 100 balldan o'rtacha 90 ballga ega bo'lib, "umumjahon taqdiri"ga sazovor bo`ldi . The Orange Box jamlanmasining bir qismi sifatida Ikkinchi epizod Portal va Team Fortress 2 bilan 11-yillik interaktiv muavaffaqiyat mukofotlarida "Yilning eng yaxshi kompyuter o'yini" g'olibi bo'lishdi. [16]
IGN dan Dan Adams o'yinni 10 balldan 9,4 ball bilan baholadi va uning yaxshilangan vizuallari va kengaytirilgan muhitini maqtadi, ammo uning qisqa 6-soatliligini kamchilik deb kiritib o`tdi. [17] U shunday dedi: "Bunga qanday qarasangiz ham, Ikkinchi epizod, hatto Half-Life seriyalari orasida ham o'ziga xos tarzda ajralib turadi ... taxminan olti soat yoki undan ko'proq vaqtga to'plangan dahshatli tajriba,yo`l dizaynlari bilan to`ldirilgan barcha xilma-xillik, bizni o`yga qoldira oladigan o`yin qismi, biz bilgan hikoyani oldinga siljitishga va bizni yanada ko`proq xohlab qolishimizni bildiradi." [17] Bit-tech.net oʻyinga 10 balldan 10 ball qoʻydi, buni javobini yangi personajlar va hikoyani o`zgarganligi deb aytib o`tishdi. [6] 1UP.com "bu o`yin jonli, hissiy jozibali va deyarli tengsiz" ekanligini aytdi. PC Gamer UK ikkinchi epizodni Half-Life o`yinlar seriyasini eng yaxshi qismi" ekanligini aytib o`tishdi. The New York Times o'yindan zavqlanib, janglar "tezkor reflekslar kabi ko'p zukkolikni talab qiladi" deb ta'kidladi.
Kompyuter va video oʻyinlari taʼkidlashicha, Source o`yin yuritkichi eskirib qolgan bo`lsada, “ajoyib badiiy dizayn va gʻalati texnik yorqinligi Ikkinchi qism ni oʻzining ajoyib omilini yoʻqotmasligini ta`minlab beradi”. Ular, shuningdek, o'yin ochiq o'rmonlar va tosh tepaliklarga ko`proq yo`naltirilganligi nazarda tutib, " birinchi epizod haqida bizda bo'lgan ko'plab shikoyatlarni tuzatishga qaratilganini" payqashdi.
The New York Times gazetasining yozishicha, "u o`yin trilogiyasining so'nggi epizodi uchun bir nechta urug'larni sepsa-da, u o`zidan burungi epizoddagi haydash muhitini bera olmaydi". GameSpy uni o`zidan oldingi qismlarga qaraganda kamroq izchil ekanligini va ochiq bo`limlarda o`yinlar seriyasi ichida "eng zaif" ekanligini his qildi.
Davomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Half-Life 2: Uchinchi epizod 2007-yil Rojdestvo bayramidan burun chiqarilishi kerak edi [18] . Valve epizodik o`yinlarni ishlab chiqarishdan voz kechib, o`zining yangi o'yin yuritkichi Source 2 ni ishlab chiqa boshlaganidan so'ng, u bekor qilindi. [19] Yana bir nechta Half-Life o'yinlarini bekor qilgandan so'ng, Valve 2020-yilda Half-Life: Alyxni chiqardi. [20]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Half-Life 2: Episode One Interview 1“. GameSpot (2006-yil 30-may). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ Simmons, Alex. „GC 2006: New Half-Life 2 Trailer Dissected“. IGN (2006-yil 24-avgust). 2006-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ published, Richard Cobbett. „Remembering Half-Life 2: Episode Two, and the conundrum Valve faced afterwards“ (en). PC Gamer (2017-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ "Half-Life 2: Episode Two". PC Gamer. August 2006.
- ↑ Goldstein, Hilary. „The Orange Box Review“. IGN (2007-yil 9-oktyabr). 2010-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Martin, Joe. „Half-Life 2: Episode Two“. bit-tech.net (2007-yil 11-oktyabr). 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "bittech" defined multiple times with different content - ↑ „Steam Update“. Steam (2007-yil 16-fevral). 2008-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ Dobson. „Half-Life 2: Episode One Dated, Trilogy Confirmed“ (en). Gamasutra. 2020-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ Bramwell, Tom. „Opening the Valve“. Eurogamer (2006-yil 6-iyun). 2007-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ Ocampo. „Half-Life 2: Episode Two - The Return of Team Fortress 2 and Other Surprises“. GameSpot (2006-yil 13-iyul). 2006-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-mart.
- ↑ Remo, Chris. „Valve confirms Episode Two, Team Fortress 2 launch date“. Shacknews (2007-yil 15-iyun). 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-iyun.
- ↑ Bramwell, Tom. „Valve explains PS3 Orange Box delay“. Eurogamer (2007-yil 7-sentyabr). 2007-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ Cashon, Jonathan. „'Half Life 2: Episode Two' entertains as strong sequel“. University of South Alabama (2007-yil 5-noyabr). 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ „Half-Life 2: Episode Two“. GameFAQs. 2011-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ „Half-Life 2: The Orange Box“. Yahoo! Games. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-may.
- ↑ „D.I.C.E. Awards By Video Game Details The Orange Box“. interactive.org. Academy of Interactive Arts & Sciences. 2023-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
- ↑ 17,0 17,1 Adams, Dan. „IGN: Half-Life 2: Episode Two Review“. IGN (2007-yil 9-oktyabr). 2007-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-oktyabr.
- ↑ Dobson. „Half-Life 2: Episode One Dated, Trilogy Confirmed“ (en). Game Developer (2006-yil 25-may). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
- ↑ Marks. „Valve Explains Why Half-Life 2: Episode 3 Was Never Made“. IGN (2020-yil 23-mart). 2020-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
- ↑ McWhertor. „Half-Life: Alyx is Valve's VR-exclusive, full-length prequel to Half-Life 2“. Polygon (2019-yil 21-noyabr). 2019-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.