Kontent qismiga oʻtish

Habibulla Toʻlaganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habibulla Tulyaginovich Toʻlaganov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-noyabr 1917-yil
Тoshkent, Тoshkent okrugi, Sirdaryo viloyati, Тurkiston tumani, RSFSR
Vafoti 2-yanvar 2000-yil (82 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Habibulla Tulyaginovich Toʻlaganov (1917—2000-yillar) — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Habibulla Tulyaginovich Toʻlaganov 1917-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1939-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

1940-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1940-1996-yillarda Turkmaniston geologiya boshqarmasi gidrogeologiya otryadi boshligʻi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Angren shahridagi „Apartak“ konida gidrogeolog, muhandis, bosh muhandis, boshqaruvchi oʻrinbosari vazifasida ishlagan. Soʻngra Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi Ogʻir sanoat boshqarmasida, dala tadqiqoti, Geologiya va yer qaʼrini muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, Geologiya davlat ishlab chiqarish qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR geologiya vaziri  lavozimida ham faoliyat koʻrsatgan.

Toʻlaganov 1979-yilda Oʻzbekistonning rif majmualarida gaz, gaz kondensati va gaz oltingugurtning yirik zahiralarini kashf etgani va oʻrgangani uchun mamlakat yoqilgʻi-xom ashyo bazasini kengaytirishni taʼminlaganligi uchun texnologiya yoʻnalishida jamoa tarkibida SSSR Davlat mukofoti sovrindori boʻlgan.

Toʻlaganov Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Habibulla Tulyaginovich Toʻlaganov 2000-yil Toshkentda vafot etgan.