Habib Bourguiba
Habib Burgiba | |
---|---|
arabcha: الحبيب بورقيبة | |
1-Tunis prezidenti | |
Mansab davri 25-iyul 1957-yil – 7-noyabr 1987-yil | |
Oʻtmishdoshi | yangi tashkil qilingan |
Vorisi | Zaynulobidiyn Binali |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1903-yil 3-avgust |
Vafoti | 2000-yil 6-aprel |
Mukofotlari | |
Imzosi |
Habib Bourguiba (talaffuzi: Habib Burgiba, /bʊərˈɡiːbə/; arabcha: الحبيب بورقيبة, al-Ḥabīb Būrqībah; 1903-yil 3-avgust — 2000-yil 6-aprel) Tunislik huquqshunos, millat yetakchisi va davlat arbobi boʻlib, 1956—1957-yillarda Tunis Qirolligining bosh vaziri, keyin esa Tunisning birinchi prezidenti (1957—87) sifatida mamlakatni boshqargan. Prezidentlikdan oldin u xalqni Fransiyaga qaramlikdan mustaqillikka olib chiqdi, 75 yillik protektoratni tugatdi va „Oliy jangchi“ unvoniga sazovor boʻldi[1].
Habib Monastirda kambagʻal oilada dunyoga kelgan. Sadiki kollejida, keyinchalik esa Tunisdagi Carnot litseyida oʻqigan. 1924-yilda bakalavr darajasini olgan. 1927-yilda Parij universitetini tamomlab, Tunisga qaytadi va huquqshunoslik bilan shugʻullanadi. 1930-yillarning boshlarida u mustamlakachilikka qarshilik va Tunis milliy siyosatida qatnashib, Destur partiyasiga qoʻshildi. 1934-yilda Neo Destour tashkilotiga asos soldi. U mustaqillik harakatining asosiy arbobi sifatida koʻtarildi va mustamlaka maʼmuriyati tomonidan bir necha bor hibsga olingan. Uning 1938-yil 9-apreldagi qoʻzgʻolonlarda ishtirok etishi natijasida Ikkinchi jahon urushi paytida Marselga surgun qilingan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasmiy hujjatga koʻra 1903-yilning 3-avgustida tugʻilgan. Lekin Habib Bourguiba keyinchalik bildirgan fikriga koʻra, u bir yil avval tugʻilgan va notoʻgʻri sana 1924-yilda yuridik fakultetga oʻqishga kirishda yoʻl qoʻyilgan ish yuritish xatosi natijasida sodir boʻlganini aytgan[2]. Yana boshqa bir versiyaga koʻra, ushbu xato ota-onasi tomonidan oʻgʻlini armiyaga chaqirmaslik uchun qasddan qilingan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bessis & Belhassen 2012, s. 53.
- ↑ Mahmoud Materi. Itinéraire d'un militant (1926-1942). Tunis: Cérès Productions, 1992. ISBN 9973700716.
- ↑ Samya El Mechat. Tunisie: Les chemins vers l'indépendance, 1945-1956. L'Harmattan, 2000. ISBN 2738412386.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Habib Bourguiba mavzusiga oid fayllar bor. |