Habbul-muluk
Habbul-muluk, habbul-malik — sutlamadoshlarga mansub bir uyli buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Ikkala yarim sharning tropik va subtropik oʻrmonlarida, asosan, Amerikada 700 ga yaqin turi tarqalgan. Boʻyi 4–6 m gacha (ayrim hollarda oʻt), barglari ketma-ket joylashgan, tishli, egilgan, koʻproq kulrang, yashil yoki yaltiroq. Gullari yashilroq, boshoqchaga yigʻilgan, bir yoki ikki jinsli. Mevasi chanoq. Janubiy-Sharqiy Osiyoda oʻsadigan, Shrilanka, Filippin va boshqa tropik mamlakatlarda ekiladigan turi kichik daraxt yoki buta, urugʻida 50% gacha tibbiyotda ishlatiladigan kroton yogʻi bor. Urugʻi zaharli. Habbul-mulukning turlari poʻstlogʻida xushboʻy, achchiq dorivor kaskarilla moddasi mavjud. Undan liker ishlab chiqarish va tamakini fermentatsiyalashda foydalaniladi. Koʻpgina turlarining smolali sharbati zaharli; ayrim turlarining sharbatidan lak olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |