Kontent qismiga oʻtish

Guyyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GuyyanXitoyning jan.gʻarbidagi shahar, Guychjou togʻligida. Guychjou provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 3,1 mln.dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, sement, oyna, ipakchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz, konchilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar va b. sanoat korxonalari bor. Guyyan yaqinidan temir rudasi, koʻmir va appatit qazib chiqariladi. Guyyanda Xitoy FAning filiali, universitet, qishloq xoʻjaligi va b. institutlar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil