Guseyn Arablinskiy
Guseyn Mamed oʻgʻli Arablinskiy (Xalafov) (1881 — Boku — 1919) — ozarbayjon demokratik teatrining asoschisi, aktyor, rejissyor Arablinskiy yaratgan Faxriddin ("Faxriddin kulfati"), Bahodir ("Bahodir va Soʻna"); Nodirshoh (Narimonovning shu nomli asari), Frans Moor ("Qaroqchilar"), Xlestakov ("Revizor"), Otello ("Otello") kabi obrazlari diqqatga sazovor. Arablinskiy san’ati kuchli hissiyot, chuqur haqqoniyat, ilgʻor, insonparvar, demokratik gʻoyalar bilan sugʻorilgan, tasviriy vositalarning boyligi bilan oʻziga xoslik kasb etgan. Arablinskiy rejissyor sifatida Shekspir, Shiller, Gogol, Turgenev, Sundukyan, Shirvonzoda, Oxundov, Haqberdiyev, Vazirov kabilarning asarlarini sahnalashtirdi. Arablinskiy birinchi ozarbayjon kinoaktyori ("Neft va millionlar saltanatida"). Musovotchilar tomonidan oʻldirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |