Kontent qismiga oʻtish

Gumar Ismagilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gumar Gimranovich Ismagilov (1907.15.6, Chelyabinsk – 1983.8.11, Andijon) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Kozon teatr texnikumi (1928), Moskva teatr sanʼati instituti (1935)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini Gumar Kamol nomidagi tatar drama teatrida boshlagan (Kozon, 1928 – 38). 1944-yildan Andijon teatrida rejissyor va bosh rejissyor (1958—62). 1974—77 yillar Andijon viloyati "Lola" qoʻgʻirchoq teatrida rejissyor Eng yaxshi spektakllari: "Yoriltosh" (III Saʼdulla), "Oq nilufar" (V. Vinnikov, Yu. Osnos), "Kimga toʻy, kimga aza" (N. Safarov; M. Leviyev), "Oʻjar qizning quyulishi" (Uilyam Shekspir), "Uch sehrli koʻz" (O. Nozdrachev) va boshqalar[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil