Gulsumayi Davrona
Gulsumayi Davrona, baʼzan, Gulsumai Davron (uzb. جولسوماي دافرونا, Gulsumayi Davrona)(toʻliq ismi - Gulsumai Davrona binti Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir ibn Xorun at-Termiziy) - taxminan X asr boshlarida hozirgi Oʻzbekiston republikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahri yaqiniga mos keluvchi „Qirqqiz“ (arab.أربعين فتاة) ayol-qizlar dorul-hikmasi rahbari. IX oʻrtalari- X boshlarida yashab oʻtgan.
Qarindoshlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi - Hakim Termiziy, ulugʻ mutafakkir, olim va maʼnaviyat peshvolaridan boʻlgan. Gulsumayi Davrona kichikligidan otasining tarbiyasida oʻsib ulgʻayadi va bu unin kelgusidagi hayotiga juda katta taʼsir qiladi. Farididdin Attorning taʼriflashicha, hakim Termiziy "ilm-u fan sohasida komil, shariat va tariqatda mujtahid erdi. Ul olami Rabboniy boʻlib, ummatning hakimi edi. Bagʻoyat hikmay sohibi boʻlganidan, u zotni „Hakim ul-Avliyo“ deb atashardi..."[1] Al-Hakim at-Termiziy oʻzidan keyin 400dan ortiq asar qoldirgan. Undan 57tasi bizga qadar yetib kelgan. Uning nomi ilmiy va eʼtiborli, mashhur tasvvufiy manbaalarda uni „olim va orif zot“ sifatida ehtirom bilan eslanadi. Xususan, Farididdin Attor va Alisher Navoiy kabi ijodkorlar, oʻzlarining asarlarida uni yodga oladi, alohida yondashib, biografiyasini chuqur koʻrsatib berishga harakat qildi[2][3] alloma Abu Abdurahmon Sulamiy oʻzining asarlarida uning hiktamli soʻzlari keltirib oʻtadi.[4]
Termizdagi "Qirqqiz" dorul-hikmasida saqlanib qolgan bitiklardan aniqlanishicha, Gulsumayi Devona umri davomida koʻplab ilmiy-diniy asarkar, risolalarni tahlil edgan. Jumladan, „Sharhu ilm at-tibb al-Hakimiya“ hamda „Tarbiyai odobi zan“ („Ayollar odobi tarbiyasi“) kitoblairni tasnif qilgan.[5]
Turmush oʻrtogʻi - Samon Ashur ibn Sayyid Sharofuddin ibn Hamza Hofiz (arab. صمون عاشور بن سيد شرف الدين بن حمزة حافظ), dindor alloma , „Kokildor ota“ nomi bilan mashhur boʻlgan Shayx Sharofuddin ibn Hamzaning oʻgli boʻlgan. Samon Ashur „Shajarat ul-kabir“ (arab. شجرة الكبير - maʼnosi „Katta daraxt“) kitobining muallifi boʻlgan
"Qirqqiz" dorul-hikmasi haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surxondaryo viloyatida 2004-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Qirq qiz” xayriya ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Gulsum Xoʻjamshukurova “Qirq qiz” maqolasida ushbu noyob Dorul hikma qoidalari, uning ichidagi sirlar, qal’a, qirq dalada qirq imtihon, qirq shahardan kelgan qirqta qiz shiori haqida soʻzlab beradi. Jumladan, Qirq Qiz qal’asi faoliyati haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: “Qal’a mudirasi Muhammad al-Hakim at-Termiziyning qizi Gulsumai Davrona bint al-Hakim Hakimiya tariqatini oʻrganish gʻoyasini ilgari surgan. Oʻshayerda oʻzi tengi qizlar bilan mashhur shayxlarning asarlariga shaxsiy fikrini bildirish, ularni muhokama qilish bilan band boʻlishgan. Gulsumai Davrona oʻz davrining eng mashhur madrasalariga oʻqishga kirdi, imtihonlardan oʻtdi va madrasada taʼlim bera boshladi."[6].
Shuningdek, Muhammad al-Hakimning qizi, Qirq qiz murabbiyi Gulsumai Davrona binti Muhammadning oʻzi shunday deydi: “Qirq qiz qal’asining qurilishi, maqsadi va faoliyati haqida at-Termiziy Ahmad Usturlabiy as-Sagʻoniy at-Termiziy “Ilm un-Nujum” kitobida keltirgan. U shunday deydi: “Ilmni egallash oson emas, zotan, uni oʻquvchiga yetkazish undan-da mushkuldir. Birov sizni tibbiyotga oʻrgatib qoʻya olmas, siz oʻzingiz izlaning, ilmga intiling, oʻqing, oʻrganing. Har bir kundan unumli foydalaning, har bir ishni qunt bilan bajaring. Ilm - goʻyoki qozondagi ovqat kabidir, uni yaxshilab pishirish kerak, aks holda, qozon yuzida bemaza, yaroqsiz, yeyishga arzimas taom paydo boʻlur. Ilmiga amal qilmagan odam boshini yoʻqotadi. Siz qazayotgan quduq keyingi avlodga shoʻr suv bermasin. Agar biz avlodlarga shoʻr suv qoldirajak boʻlsak, avlodlar bizni zinhor kechirmas.»[7].
G.Xoʻjamshukurovaning yozishicha, 2001—2004-yillarda Surxondaryo viloyati va respublika matbuoti, televideniyesida Qirqqiz qoʻrgʻoni, Qirqqiz dorul-hikmasi, Gulsumai Davrona haqida 300 dan ortiq maqola, tele va radioeshittirishlar, chop etildi. Markaz tomonidan “Qirqqiz va oʻttiz olti munajjim” kabi kitoblar nashr etilgan.[8]
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulsumayi Davrona milodiy X asrning birinchi yarmida vafot etgan boʻlib, qabri hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining Denov tumani, Bandixon soyi yaqinidagi Oqroʻmol ota qabristonida joylashgan.
Manbaa va adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Fariddidan Attor - „Tazkirat ul-avliyo“.
- ↑ Alisher Navoiy - „Nasoyim ul-muhabbat“ 1496-y.
- ↑ Fariddidan Attor - „Tazkirat ul-avliyo“. [Mirzo Kenjabek tarjimasi]. - T., 1997.
- ↑ Manozil ul-ibod. - T., 2003; Abu Abdurahmon Sulamiy. Tabaqot us-sufiya. Misr, 1974. 217-220-b.
- ↑ Gulsum Xoʻjamshukurova. "Termizdagi „Qirqqiz“ dorul-hikmasi". Toshkent, 2017
- ↑ Xoʻjamshukurova G. „Qirqqiz“ maqolasi: „Ahmad Usturlobiy as-Sagʻoniy at-Termiziy: Ilm un-nujum“, “Ustoz al-Hakim at-Termiziy” va “Qirqqiz” boblari. .
- ↑ Hamroev K. 2010. „Qirq Qiz qal'asi sirlari“
- ↑ Barno Anvarova. „THE HISTORICAL ROLE OF THE KIRK KIZ FORTRESS IN THE ENLIGHTENMENT OF WOMEN IN SURKHANDARYA“. Toshkent, 2021.