Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gulsanam Mamazoitova
|
Maʼlumot
|
Tavallud topgan sanasi va joyi | 22-mart 1981-yil (1981-03-22) (44 yosh) Fargʻona shahri |
Yo'nalishi | milliy, pop |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1994-yildan — hozirgacha |
Mukofotlari |  |
Veb-sahifasi | gulsanam.uz |
Mamazoitova Gulsanam Mamadaliyevna (1981-yil 22-mart, Fargʻona, OʻzSSR) — Oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti[1].
Gulsanam Mamazoitova 1981-yilning 22-martida Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Fargʻona shahridagi 1-oʻrta maktabni 9-sinfini tamomlab, Fargʻona davlat san’at bilim yurtini anʼanaviy ijrochilik boʻlimiga oʻqishga kirgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining sharq musiqasi boʻlimiga qabul qilingan. Oʻqishni 2004-yilda magistratura bosqichida davom ettirgan va 2006-yilda tamomlagan. 2004-yilda hukumat tomonidan Nihol mukofoti bilan, 2006-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Oʻzbekiston mustaqilligiga 22-yil toʻlishi arafasida 2013-yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.[2].