Gulmurad Halimov
Gulmurod Salimovich Halimov (Гулмурод Салимович Ҳалимов; 1975-yil 14-may, Varzob — 2017-yil 8-sentabr), tojik islomiy harbiy qo‘mondoni. U Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga qarashli politsiya maxsus bo‘linmasi OMONda podpolkovnik lavozimida xizmat qilayotganda 2015-yilda "Iroq va Shom Islom davlati" safiga qo‘shilgan. 2016-yil sentabrida tashkilot urush vaziri etib tayinlangani maʼlum bo‘ladi.
Tojikistondagi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yil 14-mayda Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Varzob qishlog‘ida tug‘ilgan[1]. Prezident Milliy gvardiyasida xizmat qilganidan soʻng Tojikiston Ichki ishlar vazirligining politsiya maxsus boʻlinmasiga ishga kirdi[2]. 2003-yildan 2014-yilgacha u AQSh Davlat departamenti tomonidan AQSh va Tojikistonda terrorizmga qarshi kurash boʻyicha besh xil oʻquv dasturlarida ishtirok etgan[3]. 2009-yilda Rasht vodiysi va 2012-yilda Xoʻrugʻdagi muxolifat qurolli guruhlariga qarshi amaliyotlarda qatnashgan[2].
Iroq va Shom Islom Davlatiga qoʻshilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil aprelida g‘oyib bo‘lgan va faoliyatini to‘xtatgan Halimov may oyida eʼlon qilingan videoda koʻrinish bergan. Videoda u "Iroq va Shom Islom Davlati" safiga qo‘shilganini aytgan edi[4][1]. 2015-yil 29-sentabrda Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti va 2016-yil 29-fevralda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb eʼlon qilingan va sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan[5]. 2016-yil avgust oyida AQSh Davlat departamenti „Adolat uchun mukofot“ dasturi doirasida Halimovni o‘lik yoki tirik holda qo‘lga olgan yoki uning qo‘lga olinishiga sabab bo‘ladigan maʼlumotni aytadigan har bir kishiga 3 million dollar mukofot taklif qilgan edi[6]. 2016-yil esa sentabrida tashkilot havo hujumida halok bo‘lgan Abu Umar ash-Shishaniy o‘rniga urush vaziri etib tayinlangani xabar qilingan edi[7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Counter Terrorism Designations“ (İngilizce). Amerika Birleşik Devletleri Hazine Bakanlığı (29 eylül 2015). 7 ocak 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 aralık 2016.
- ↑ 2,0 2,1 „Вслед за таджикским полковником к ИГ сбежала его семья“ (Rusça). BBC (8-mart). 26 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.
- ↑ „Tajik officer's defection to Isis highlights US support for repressive regime“ (İngilizce). The Guardian (2 haziran 2015). 7 ocak 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.
- ↑ „Commander of elite Tajik police force defects to Islamic State“ (İngilizce). Reuters (28 mayıs 2015). 4 aralık 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.
- ↑ „Gulmurod Khalimov“ (İngilizce). Birleşmiş Milletler Güvenlik Konseyi (29 şubat 2016). 6 ocak 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.
- ↑ „State Dept. offers $3M reward for U.S.-trained Tajik officer who went rogue for ISIS“ (İngilizce). The Washington Times (31 ağustos 2016). 23 aralık 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.
- ↑ „American-trained sniper becomes Isis's new minister of war“ (İngilizce). The Independent (8 eylül 2016). 20 aralık 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.
- ↑ „Гулмурод Халимов избран военным руководителем ИГ“ (Rusça). Kommersant (4 eylül 2016). 1 kasım 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 aralık 2016.