Kontent qismiga oʻtish

Gulliverning sayohatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulliverning sayohatlari

Gulliverning sayohatlari
Asl nomi Gulliver's Travels
Muallif(lar) Jonatan Svift
Til inglizcha
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 1726-1727

Gulliverning sayohatlari — Jonathan Swift tomonidan yozilgan asar. Bu roman satiriko-fantastik janrida yozilgan. Asarning toʻliq nomi „Lemyuel Gulliver­ning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga awalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari“ Roman 1726-1727 yillarda, Londonda birinchi marta nashr qilingan. Asar toʻrt qismdan iborat.

Asarning birinchi qismida yozuvchi lilliputlarning oʻzini hammadan yuqori qoʻyishlari ustidan kuladi. Ikkinchi qismda, devqomat odamlar davlatida, nuqtai nazar oʻzgaradi.

Birinchi qism: Lilliputiyaga sayohat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gulliver Lilliputiyada, Bremen
Gulliver lilliputlar tomonidan asirga olingan. Jan Granvil rasmi

Kema shifokori, Lemuel Gulliver, „Lilliputiya“ davlatiga tushib qoladi. U yerda odamlardan oʻn ikki marta kichkina boʻlgan odamchalar yashaydi. Ular Gulliverni asirga oladilar. Keyinchalik u lilliputlarga itoat qilishga soʻz beradi va Lilliputiya shohi uni ozod qiladi. Lilliputlar Gulliverni xushmuomalik bilan qabul qiladilar. Unga yashashga joy beradilar va ovqat bilan taʼminlab turadilar. Uning kattaligi uchun, unga „Togʻ Odam“ ismini beradilar. Asta-sekin Gulliver davlat hayoti bilan tanishadi. Ularning hayoti, yevropaliklar hayotidan umuman boshqacha tuzilgan boʻladi. U Lilliputiyada ikki partiya mavjudligini va biri ikkinchisidan har xil balanlikdagi poshna kiyishi bilan farqlanishini bilib oladi. Ular orasida doim shavqatsiz baxslar kelib chiqaveradi. Oradan oz vaqt oʻtib Lilliputiya va Blefusku davlatlari oʻrtasida jang boshlanadi. Urushga sabab, pishgan tuxumni qaysi tarafidan (uchli tarafidanmi yoki tekis tarafidan) sindirgan maʼqulroqligi haqida baxs boʻladi. Gulliver Liliputiya davlatining gʻalaba qozonishiga yordam beradi. Blefusku qiroli Gulliverni oʻz davlatiga taklif qiladi. U taklifni qabul qiladi. Gulliver Lilliputiyaning qahramoni hisoblanadi, unga „nardak“ unvoni (mamlakatdagi eng baland unvon) beriladi. Lekin keyinchalik Lilliputiyada uning dushmanlari paydo boʻladi. Ular Gulliverni xiyonatlikda ayblaydilar. Gulliverni birinchi koʻr qilib, keyin ovqatini kamaytirib ochdan oʻldirmoqchi boʻladilar. Lekin Gulliverning doʻstlari uni vaqtida ogohlantiradilar va Gulliver Blefuskuga qochishga majbur boʻladi. U yerda qayiq topib oladi, uni taʼmirlaydi va Blefuskuni tark etadi. Yoʻlida kemani uchratadi va Angliyaga qaytib keladi. Gulliver uyiga kichkina qoʻychalar olib keladi.

Ikkinchi qism: Brobdingnegga sayohat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Devqomat odamlar qiroli va Gulliver

Gulliver devqomat odamlar davlatiga tushib qoladi. Uni, boʻyi 22 metr boʻlgan fermer topib oladi. Dev Gulliverni vatandoshlariga koʻrsatadi va shu orqali pul ishlaydi. Gulliver buni haqoratomuzlik deb biladi. Keyinchalik Brobdingnegning qirolichasi Gulliverni sotib oladi. Qirolicha unga oʻyinchoqdek munosabatda boʻladi. Gulliver uchun maxsus quti yasaladi. Sayohatlarda Gulliverni shu qutida olib yuradilar. Kichik, lekin xavfli sarguzashtlar orasida u qirol bilan yevropa siyosatini mulohaza qiladi. Bu yerda, huddi I qismdagidek, jamiyat xulq-atvorlari satirik ravishda tanqidlanadi. Faqat lilliputlar niqobi ostida emas, qirolning nutqida. Safarlarning birida, Gulliverning qutisini ulkan burgut olib ketadi va dengizga tashlab yuboradi. Gulliverni dengizchilar qutqaradilar va uyiga qaytaradilar.

Uchinchi qism: Laputa, Balnibarbi, Laggnegg, Glabbdobdrib va Yaponiyaga sayohat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gulliver va uchar orol — Laputa

Gulliver Laputa nomli uchar orolga tushib qoladi. Bu orol Balnibarbi davlatining poytaxti. Gulliver davlatning qitʼa qismiga tushadi. U yerda barcha ziyoli odamlar haddan tashqari matematika va musiqa bilan band boʻlganlari uchun, boshqa hech narsaga eʼtibor bermaydilar. Qitʼada „projektorlar akademiyasi“ mavjud. U yerda har xil ilmiy boʻlmagan, kulgili tashabbuslar hayotga tadbiq qilinadi. Davlat hokimiyati esa bularni qoʻllab quvvatlaydi. Shu sababli Davlatning rivoji past darajada boʻladi. Kitobning bu qismida, muallif yashagan vaqtda mavjud boʻlgan, chayqovchilikka asoslangan nazariyalarga oʻyuvchi satira mavjud. Gulliver, kemasi kelguncha, Glabbdobdribga sayohat qiladi. U yerda oʻlganlarning soyalarini chaqira oladigan afsungarlar bilan tanishadi va buyuk ilm arboblari bilan suxbat quradi. U oʻzining zamondoshlari va ajdodlarini taqqoslaydi. Bundan keyin Gulliver Laggnegg davlatiga keladi. Bu yerda struldbruglar — abadiy yashaydigan, oʻlmas odamlarni koʻradi. Ular doimiy, mazmunsiz, azob va kasalliklarga toʻla hayotga mahqum boʻladilar. Hikoyaning ohirida Gulliver Yaponiyaga yoʻl oladi. Svift yashagan zamonda Yaponiya Yevropa uchun deyarli yopiq edi (yevropaliklardan faqat gollandiyaliklar Yaponiyaga kira olgan). U yerdan Gulliver vataniga qaytib ketadi.

Toʻrtinchi qism: Guigngnmlar davlatiga sayohat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gulliver va guigngnmlar

Gulliver aqlli va xushkor otlar — guigngnmlar davlatiga tushib qoladi. Bu davlatda jirkanch yexular — odamlar ham yashaydi. Yexularning xulq-atvorlari misolida odamlarning nuqsonlari koʻrsatilgan. Guigngnmlar Gulliverni yexularga oʻxshatadilar, lekin ularga qaraganda aqliy va maʼdaniy rivoji balandroqligini taʼn oladilar. Hikoyaning ohirida Gulliver bu utopiyadan haydaladi va u Angliyaga, oʻz oilasiga qaytib keladi.