Kontent qismiga oʻtish

Guliston (oʻrik navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guliston (gibrid № 2125) — ertapishar oʻrik navi. P.P. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida K.V. Vasilyev va L.A. Protasevichlar tomonidan Xurmoy va № 56 navlarini chatishtirib chiqarilgan. Daraxti kuchli usadi, siyrak shoxli. Mevasi oʻrtacha (33 g), yumaloq, quyoshga qaragan tomoni qirmizi rangda. Poʻsti yupqa, etidan ajralmaydi. Eti sersuv, sershira (17,17% qand, 0,84% kislota bor), och-sariq, xushboʻy, danagi oʻrtacha (2,5 g). Aprelning birinchi oʻn kunligida gullaydi (Koʻrsodiq navidan 4—5 kun kech). Iyunning boshlarida pishadi (pishishdan 5—6 kun oldin mevalari rangga kiradi). Har yili hosil beradi. Koʻchati ekilgandan keyin 4-yilidan boshlab hosilga kiradi. Yangiligida isteʼmol etiladi, konserva qilinadi. Oʻzbekistonning jan.-gʻarbidagi adir va togʻ oldi zonalarida eqiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil