Gugenotlar
Qiyofa
Gugenotlar - 16-18-asrlarda Fransiyadagi kalvinizm tarafdorlari. Gugenotlarning katoliklar bilan kurashi Diniy urushlarga aylangan. 1598 yildagi Nant ediktiga koʻra gugenotlar diniy eʼtiqod erkinligiga ega boʻlib, bir muncha siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritganlar. Rishelye davrida (1629) gugenotlarning siyosiy mustaqilligiga barham berilgan; Lyudovik XIVdavrida (1685) Nant edikti bekor qilingan, gugenotlar diniy eʼtiqod erkinligidan mahrum boʻlishgan, ular yoki katolik diniga oʻtishlari yoki Fransiyani tark etishlari lozim boʻlgan (gugenotlarning koʻpchiligi mamlakatni tark etgan). 18-asr oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida gugenotlar katoliklar bilan teng huquqli boʻlishga erishganlar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |