Guanchjou
Guanchjou | |
---|---|
23°7′48″N 113°15′36″E / 23.13000°N 113.26000°E | |
Mamlakat | Xitoy |
Rasmiy til(lar)i | xitoycha |
|
Guanchjou — Xitoyning janubidagi shahar va port, Jan. Xitoy dengizidan PO km, Chjutszyan (Marvarid) daryosining deltasida joylashadi. Guandun provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi chamasida (1998), aksariyati xitoy (xan)lar.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guanchjou Xitoyning koʻhna shaharlaridan. Ilk bor mil. av. 3-asrda Fanyuy nomi bilan tilga olingan. Guanchjou Jan. Xitoyning muhim iqtisodiy markazlaridan. Qadimdan tashqi savdo porti boʻlib kelgan.
Iqtisod
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuk ortish va tushirish boʻyicha mamlakatda 3-oʻrinda turadi (yiliga 15 mln. t). T.-yil tuguni, xalqaro aeroport bor. Sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik (asosan ipak, ip va jut gazlama i. ch.), oziq-ovqat, umumiy mashinasozlik, kora metallurgiya, qogʻoz, kimyo, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari eksport qilinadi.
Ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guanchjouda bir necha oliy oʻquv yurtlari, jumladan Sun Yatsen nomidagi universitet (1924), tibbiyot, pedagogika., moliya-iqtisod institutlari, botanika bogʻi va b. bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |