Kontent qismiga oʻtish

Grizayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grizayl (fransuzcha: „grisaille“, gris soʻzidan — kulrang) — biror-bir rang (qora, jigarrang, koʻk, koʻpincha kulrang)ning nozik tuslanishi (ochdan toʻq tusga oʻtishi) hisobiga yaratiladigan asar; bezak rassomligi turi. 17-asrdan qoʻllanadi, klassitsizm uslubidagi binoning ichki bezaklarida haykaltaroshlik relyeflariga taqlid sifatida keng tarqalgan. Shuningdek, tasvirning boʻrtmali koʻrinishi tasavvuriga erishilgan bir rangli emal (kulrang, jigarrang, pushti rang) bilan ishlangan hamda zarhallangan rasmlar ham grizayl deb ataladi. Oʻzbek tasviriy va amaliy bezak sanʼatida ham grizayl uslubida asarlar yaratilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil