Kontent qismiga oʻtish

Gregarinalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gregarinalar (Gregarinina) — sporalilar tipining sinfi. 500 ga yaqin turi bor. Turli umurtqasiz hayvonlarda, asosan boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qiladi. Uzunligi 10—15 mkm dan 16 mm gacha. Tanasi choʻziq, chuvalchangsimon; baʼzan dumaloq (tana boʻshligʻida parazitlik qiladigan G.). Koʻpchilik G. tanasining oldingi qismi ichak devoriga yopishadigan organoid-epimerit hosil qiladi. Tanasi pellikula qobiq bilan qoplangan, koʻpincha koʻndalang toʻsiq bilan 2 qismga: oldingi protomerit va keyingi deytomeritga boʻlingan. G. ichak devori yoki tana boʻshligʻida, baʼzan jinsiy bezlarda parazitlik qiladi. Asosan jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Koʻpchilik G.da boshqa sporalilar uchun xos boʻlgan shizogoniya (jinssiz koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayish) kuzatilmaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil