Kontent qismiga oʻtish

Grazia Zafferani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grazia Zafferani ( italyancha: Grazia Zafferani) 1972-yil 31-dekabrda, San-Marinoda tug'ilgan.San-Marino siyosatchisi, 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha San-Marino kapitan-regenti bo'lgan .

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grazia Zafferani o'z mamlakatidagi taniqli oilaga tegishli. U 1973-yil yangi yil kunida shtat poytaxti San-Marinoda tug'ilgan.

U kiyim-kechak ishlab chiqarish va sotuv bo'yicha tadbirkor. U San-Marinodagi yangi chap qanot partiyasi - RETE harakatining asoschilaridan biri va birinchi rahbari edi. 2013-yildan buyon doimiy ravishda respublika parlamenti deputati etib saylangan. 2020-yilning bahorida u San-Marinoning kapitan-regentlaridan biri etib saylandi. [1] .

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grazia Zafferani turmush qurgan va to'rt qizi bor. U 1947 yilda San-Marino kapitan regenti lavozimida ishlagan Luidji Zafferanining nabirasi va 1980–1981 va 1987–1988-yillarda ikki marta San-Marino kapitan regenti sifatida xizmat qilgan Rossano Zafferanining jiyani bo'ladi.

  1. „San Marino. Grazia Zafferani-Alessandro Mancini: ecco i nuovi Reggenti.“. 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.