Gran Turismo
Gran Turismo (italyancha: Gran Turismo ,inglizcha: Grand Tourer fransuzcha: Grand Tourisme) — soʻzma-soʻz «katta sayohat» deb tarjima qilinadigan avtomobil toifasidir. Shunday qilib, uzoq safarda qulaylik uchun zarur boʻlgan barcha narsalar bilan jihozlangan katta karetalarda Yevropa boʻylab sayohatlar qilish «Gran Tour» deb atalgan. GT avtomobil toifasi — tezyurar avtomobillar boʻlib, odatda 2 yoki 4 oʻrindiqli kupe kuzovli, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda qulay harakatlanish uchun moʻljallangan boʻladi. GT qisqartmasi, shuningdek, avtopoygalarda poyga sinfining belgisi hamdir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]italyancha: Gran Turismo, inglizcha: Grand Touring, fransuzcha: Grand Tourisme va shunga oʻxshash belgilar — katta tur davomida yosh evropalik aristokratlarning tez va qulay harakatlanishi uchun moʻljallangan yengil ot aravalarini belgilashdan kelib chiqqan.
Vaqt oʻtishi bilan bu nom yuqori tezlikda harakatlanadigan qulay avtomobillarga qoʻllanila boshlandi. Ularning Yevropada paydo bõlishi Ikkinchi Jahon urushi avvalgi oʻn yillikka toʻgʻri keldi, oʻshanda noyob dizayndagi ushbu turdagi avtomobillar kuzov doʻkonlari tomonidan individual buyurtmalar boʻyicha, birinchi navbatda fransuzlar tomonidan (Figoni et Falaschi, Saoutchik, Carrosserie Pourtout va boshqalar), shuningdek, ingliz (Delage va Delahaye), nemis (Gläser, Spohn) va Chexoslovakiya (Sodomka, Wikow) kompaniyalarning shassilarida ishlab chiqarilgan. Urushdan keyin Yevropaning iqtisodiy tanazzulga uchrashi, shuningdek, jamiyatning umumiy demokratlashuvi natijasida buyurtma asosida ishlab chiqarilgan avtomobillarning mashhurligi keskin kamaydi. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab deyarli barcha gran-turismolar seriyali modellarga aylandi. Bu vaqtda ishlab chiqarish juda cheklangan va kuzov studiyalari asosan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanmaydigan dizayn studiyalariga aylantirildi. Bu davrda Delahaye kabi firmalarning avvalgi shon-shuhratini tiklashga urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Gran-turismolarning mashhurligining yangi choʻqqisi 1950-yillarning oxiri –1960-yillarning oʻrtalarida, GT bozorida asosan Italiya va Britaniya firmalari boʻlmish - Alfa-Romeo, Ferrari, Maserati, Iso, Aston Martin, Yaguar, Bentley, Jensen hukmronlik qilgan paytga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, agar britaniyalik modellar uchun odatda konservativ uslub va anʼanaviy texnik yechimlar xos bo'lsa, italyan texnologiyasi koʻpincha futuristik dizayni va gʻayrioddiy konstruktsiya bilan ajralib turardi. Ushbu davrning umumiy xususiyati bu toifadagi koʻplab avtomobil ishlab chiqaruvchilarining AQSh bozoriga intilishlari edi.
Shaxsiy hashamatli (Personal Luxury) toifasidagi Shimoliy Amerika avtomobillarining umumiy kontseptsiyasi — Ford Thunderbird, Buick Riviera, Cadillac Eldorado va shunga oʻxshash katta va qimmat kupelar va kabrioletlar, shuningdek, yuqori dinamik koʻrsatkichlarni yuqori qulaylik bilan birlashtirgan, umumiy nuqtai nazardan grand sayyohlarni yaqqol aks ettiruvchi tushuncha. Biroq, ular haqiqiy Yevropa GTlaridan sportdan koʻra hashamatga koʻproq eʼtibor berishlari, shuningdek, qulaylik uchun qurbon qilingan ajoyib boshqaruvning yo'qligi bilan ajralib turardi.
Hozirgi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi vaqtda oʻzgaruvchan qulaylik talablari, shuningdek, xavfsizlik standartlari taʼsiri ostida "sof" sport modellari va Gran Tourismo modellari oʻrtasidagi chegaralar aralashib ketgan.
Tarixiy jihatdan, GT turidagi avtomobillarning aksariyati nisbatan katta kupelar yoki kam hollarda kuchli dvigatelli klassik tuzilishga ega kabrioletlar edi. Ular kundalik haydash uchun moslashtirilgan, ularning oʻlchamlari va ogʻirligi kattaroq va osma oʻqlari (podveska) koʻpchilik sport avtomobillariga qaraganda yumshoqroqdir. GT texnik emas, balki marketing kontseptsiyasi boʻlib, bu toifadagi avtomobillarning aniq texnik chegaralari yoʻq.
1966-yilda birinchi marta toʻliq gʻildirakli Gran Turismo sinfidagi Jensen FF avtomobili ommaviy ishlab chiqarila boshlandi. Ammo katta ingliz kupesi juda ogʻir va qimmat boʻlib chiqdi, bundan tashqari, uning dizayn xususiyatlari tufayli hamda rulning chap tarafda joylashmaganligi sababli Shimoliy Amerika bozoriga kira olmadi, shuning uchun tiraj 320 nusxada chiqarildi xolos. Zamonaviy mutaxassislar ushbu modelni boshqaruvi jihatidan dunyodagi eng xavfsiz avtomobil deb tan oldilar [1][2][3][4][5] .
GT poyga avtomobillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GT ishlab chiqarish avtomobillarini FIAning GT poyga avtomobillari toifasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak:
Har bir tomonida bir yoki bir nechta eshiklari va kamida ikkita oʻrindiqli, oʻrindiqlarning har biri transport vositasining uzunligi boʻyicha geometrik oʻqining har ikki tomonida joylashgan, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda va halqa yoʻllarida harakatlanish talablariga toʻliq javob beradigan poyga uchun moslashtirilgan ochiq yoki yopiq transport vositasi
Baʼzan bu mashinalar seriyali grand-turismolar va ko'pincha sof sport modellari asosida ishlab chiqarilishi mumkin, lekin ko'pincha ular seriyali modellardan faqat alohida qismlaridangina foydalanilgan mutlaqo noyob dizaynlar bõlishi mumkin. Ular ommaviy tarzda ishlab chiqarilmaydi va sotuvda erkin mavjud boʻlmaydi.
FIA-2004 standartlariga koʻra, GT turkumidagi poyga avtomobillari GT1, GT2, GT3 va GT4 turkumostiga boʻlingan. GT1 mashinalari eng kuchli va texnik jihatdan murakkab boʻladi.
GT1: minimal ogʻirligi — 1100 kg, dvigateli 575-630 ot kuchi.
GT2: minimal ogʻirligi — 1150 kg, dvigateli 450-520 ot kuchi.
GT3: minimal ogʻirligi — 1150 kg, ogʻirligining quvvatiga nisbati 2,7 kg /ot. kuchi.
GT4: minimal ogʻirligi — 750 kg, ogʻirligining quvvatiga nisbati 3,5 kg/ot. kuchi.
GT indekslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpincha GT harflari va tegishli belgilar sport yoki sport transport vositalarining tijorat maqsadlarida ishlatiladi. Quyida bu belgilarning eng keng tarqalgan variantlari transkriptlari keltirilgan:
- GTR (Gran Turismo Racing);
- GTO (Gran Turismo Omologato) — poyga uchun tasdiqlangan avtomobil, ya'ni GT sinfidagi poyga uchun texnik jihatdan mos boʻlgan avtomobil;
- GTS (Gran Turismo Spider/Sport) — «Spider»ning ochiq versiyasi;
- GTB (Gran Turismo Berlinetta) — uzun kapotli va tomi bir tekis tushadigan kupe (fastback kupe);
- GTV (Gran Turismo Veloce) — GT sinfidagi kuchaytirilgan avtomobillarni belgilanishi;
- GTT (Gran Turismo Turbo);
- GTI yoki GTi (Gran Turismo Iniezione) — avtomobil yonilgʻi purkash tizimi bilan jihozlangan;
- GTE yoki GT/E (nemischa: Einspritzung ) — GTI indeksining nemis ekvivalenti;
- GTA (Gran Turismo Alleggerita) — GT toifasidagi yengil vaznli avtomobil;
- GTAm (modifikatsiyalangan yengillashtirilgan avtomobil) — GT sinfidagi modifikatsiyalangan yengil avtomobil;
- GTC (Gran Turismo Compressore/Compact/Cabriolet/Coupe) — GT toifasidagi ixcham avtomobil;
- GTD (Gran Turismo Diesel);
- HGT (High Gran Turismo);
- LM GTE (Le Mans Gran Turismo Endurance) — chidamlilik poygalari uchun G'arbiy avtomobil klubi tomonidan sinalgan avtomobil.
Misollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Shelby Mustang GT 500 Cobra
-
Mitsubishi 3000GT
-
Lister Storm
-
Lamborghini 350 GT
-
Porsche 911 GT3
-
Nissan Skyline GT-R
Modellar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AC Frua
- Alfa Romeo GT
- Alfa Romeo Montreal
- Alfa Romeo Brera
- Aston Martin DB2
- Aston Martin DB Mark III
- Aston Martin DB4
- Aston Martin DB5
- Aston Martin DB6
- Aston Martin V8
- Aston Martin V8 Vantage
- Aston Martin DB7
- Aston Martin DB9
- Aston Martin Vanquish
- Aston Martin DBS
- Audi S5
- Bentley Continental GT Speed
- BMW M1
- BMW 8 Series
- BMW 6 Series
- Bugatti Veyron
- Citroën SM
- Ferrari 456
- Ferrari 360
- Ferrari F430
- Ferrari 599
- Ferrari California
- Ferrari 458 Italia
- Ferrari Daytona
- Fiat Dino
- Iso Grifo
- Iso Rivolta
- Jaguar XJS
- Jaguar XK
- Jensen 541S
- Jensen CV8
- Jensen Interceptor
- Lamborghini 350GT
- Lamborghini 400GT
- Lamborghini Islero
- Lamborghini Jarama
- Lamborghini Gallardo
- Lamborghini Murciélago
- Lancia Aurelia
- Lancia Flaminia
- Maserati Indy
- Maserati Khamsin
- Maserati Bora
- Maserati Merak
- Maserati 3200 GT
- Maserati 3500 GT
- Maserati 5000 GT
- Maserati Coupé
- Maserati GranTurismo
- Mazda RX-8
- Mercedes-Benz 300SL Gullwing
- Mercedes-Benz CL-Class
- Mercedes-Benz CLK-Class
- Mercedes-Benz SLR McLaren
- Mercedes-Benz SLS AMG
- MGB GT
- Mitsubishi 3000GT
- Monteverdi High Speed
- Nissan GT-R
- Porsche 928
- Porsche 911 GT3
- Subaru SVX
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „manba drive“.
- ↑ „manba artikle“.
- ↑
A-Z of Cars of the 1970s Muallif(lar) Robson, Graham Nashr etilgan sanasi 1990 Nashriyot Bay View Books ISBN 1-870979-11-7 - ↑
Автомобили-легенды Muallif(lar) Лычавко А. Э. Nashr etilgan sanasi 2007 ISBN 978-985-13-8842-0 - ↑ „manba auto“. 2011-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- GT4 Yevropa kubogi (Wayback Machine saytida 2009-09-16 sanasida arxivlangan) Архивная копия -da arxivlangan