Gradiyent
Gradiyent (lot. gradiens — odimlovchi) — 1) fizik kattalik (bosim, temperatura, namlik va b.)ning fazoda yoki biror oʻq yoʻnalishida masofa boʻyicha oʻzgarish oʻlchovi. Mas, bosim G.i bosimning masofa boʻyicha oʻzgarish tezligini ifodalaydi, potensial energiya G.i taʼsir etuvchi kuchga, elektr potensial G.i elektr maydon kuchlanganligiga teng va hokazo; 2) matematikada fazodagi bir nuqtadan ikkinchi nuqtagacha boʻlgan masofada qiymati oʻzgaradigan kattalikning eng tez oʻzgaradigan yunalishini koʻrsatadigan vektor. 3) biologiya da organizm yoki organlarning tuzilishi va ular fiziologik xossalarining maʼlum oʻq boʻyicha oʻzgarishi miqdori. G. oʻrganilayotgan xossa (mas, qon bosimi, temperatura)ning koʻrilayotgan joydan uzoklashgan sari asta-sekin kamayib (susayib) borishini, mas, hayvon tanasining turli joylarida va oʻsimliklarning turli qismlarida qon bosimi, temperatura, nafas olish tezligi va b. xossalarining bir xil boʻlmasligini ifodalaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |