Kontent qismiga oʻtish

Govkaptar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Govkaptar (Columba palumbus) — kaptarlar turkumiga mansub qush. Yovvoyi koʻk kaptardan biroz yirikroq tana tuzilishiga ega.Yevropa, Shim. Afrika va Gʻarbiy Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Qishlash uchun kuzda janubga uchib ketadi, bahorda qaytib keladi. Togʻ oʻrmonlarida suvga yaqin yerlarda yashaydi baʼzan hiyobonlarda uchrab turadi. Uyasini daraxt shoxlariga quradi yoki boshqa qushlarning eski uyasidan foydalanadi. Bahor, yoz va kuz mavsumida ikkitada tuxum qoʻyib jufti bilan galma-galdan 17—18 kun bosadi. Polaponlari 15-20 kunda uyani tark etib erkin yashay boshlaydi. Oziqlanish uchun uyasidan uzoqlarga galalashib uchib borishadi. Asosan don, urugʻ va mevalar bilan oziqlanadi. Ovlanadigan qush sifatida ahamiyati oshib bormoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil