Gorn (pech)
Qiyofa
Gorn — metallarni eritish, qayta eritish, qizdirish, keramik buyumlarni pishirish uchun moʻljallangan pech; shaxtali vaterjeket pechlarning yoqilgʻi yonadigan pastki qismi (qarang Vagranka, Domna ishlab chiqarishi). Qadimda gorndan rudadan toʻgʻridan-toʻgʻri xomaki temir olishda foydalanishgan. Zamonaviy gorn ichiga gʻisht terilgan usti ochiq poʻlat qutidan iborat. Uning yon tomonida havo yuboriladigan furma (kalta quvur) bor. Gazsimon yonish mahsulotlari uning yuqori qismidan chiqib ketadi. Gorn pistakoʻmir, koks, neft yoki gazda ishlashi mumkin. F.i.k. kichik (5%) boʻlgani uchun sanoatda keng foydalanilmaydi. Metallurgiyada tigelli gorn, ruda konsentratlaridan qoʻrgʻoshin olishda esa maxsus gorn ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |