Kontent qismiga oʻtish

Gorelka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gorelka (ruscha) — gaz, koʻmir kukuni, mazut va b.ni kislorod (havo) bilan aralashtirib yoqish uchun moʻljallangan moslama. Xonadonlar va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan gaz plitasi gorelkasi, laboratoriyada gaz gorelkasi, qirqish, payvandlash, bugʻ qozonlari va pech gorelkalari boʻladi. Laboratyoriya gaz gorelkasi laboratoriyada tajribalar oʻtkazish; qirqish gorelkasi metall va qotishmalarni kislorod alangasida qirqish uchun qoʻllanadi. Payvandlash gorelkalari injektorli va injektorsiz boʻlib, metall trubalar va konstruksiyalarni payvandlashda ishlatiladi. Bugʻ qozonlarida 8-10 ta va undan koʻp gorelka boʻladi. Ular oʻchoq kamerasiga oʻrnatiladi. Pech gorelkalari, baʼzan, oʻtga chidamli gʻishtlardan yasaladi (masalan, marten pechida shunday gorelka ishlatilgan).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil