Kontent qismiga oʻtish

Google Doodle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Google Doodle – bayramlar, voqealar, yutuqlar va tarixiy shaxslarni xotirlash uchun Google bosh sahifalaridagi logotipning maxsus, vaqtinchalik oʻzgarishi. Birinchi Google Doodle 1998-yilda Nevada shtatining Black Rock City shahrida oʻtkaziladigan anʼanaviy „Burning Man“ festivaliga bagʻishlangan. Birinchi Google Doodle asoschilari Larry Page va Sergey Brin serverlar ishdan chiqib qolgan taqdirda, oʻzlarining ishda yoʻqligini foydalanuvchilarga maʼlum qilish maqsadida yaratishgan[1][2][3].

  1. „Doodle 4 Google“. 2014-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  2. „Burning Man Festival“ (en). Google Doodles. 2020-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  3. Megan, Garber „The First Google Doodle Was a Burning Man Stick Figure“. The Atlantic. The Atlantic Monthly Group (2013-yil 6-sentyabr). 2013-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.