Kontent qismiga oʻtish

Goodison Park

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Goodison park

Goodison Park stadioni Angliyaning Liverpul shahar Uolton hududida joylashgan boʻlib, 1892-yildan buyon Everton futbol klubing uy stadioni hisoblanadi. U shahar markazidan 3 kilometr shimolda joylashgan va 39,572 kishiga moʻljallangan[1].Shuningdek, stadion Angliya kubogi finali va koʻplab xalqaro oʻyinlar, shu jumladan 1966-yilgi Jahon chempionatida yarim final oʻyiniga mezbonlik qilgan.

Dastlab Everton 2024-yilda Bramley-Mur Dokdagi Everton stadioniga koʻchib oʻtishni rejalashtirgan edi, ammo klub endi 2024-2025-yilgi mavsum oxirida oʻz uyini tark etishga qaror qildi, shundan soʻng Gudison Park buziladi[1].

Stadion 1892-yil avgust oyi rasman ochildi. Maydonning uzunligi Gudison yoʻliga qarshi qurilganligi tufayli stadion Gudison Park deb nomlanadi. Birinchi futbol oʻyini 1982-yili 2-sentyabrda Everton va Bolton Uonderers oʻrtasida boʻlib oʻtdi va Everton 4:2 hisobida gʻalaba qozondi[2].

1895-yil 22-martda boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishda klub nihoyat Gudison Parkni sotib olishga qodirligini eʼlon qildi. Mahonning maʼlum qilishicha, Everton Gudison Parkni uch yil oldingi Enfild narxidan 650 funt sterlingga arzonroq sotib olayotgan edi, koʻproq yer va 25% kattaroq sigʻimga ega Goodison Parkni sotib olish taklifi bir ovozdan qabul qilindi.