Gong
Qiyofa
Gong (malayziycha gong) — urma musiqa cholgʻusi. Jan.-Sharqiy Osiyo xalqlarida keng tarqalgan. Birinj yoki jezdan qayrilgan disk shaklida yasaladi. Maxsus tayoq bilan urganda choʻziq, ohangdor tovush hosil qilinadi (nomi shundan). Qadimdan jarchi (xabar beruvchi) cholgʻu sifatida ishlatilgan. Xalq teatri tomoshalarida, raqslar ijrosida joʻr boʻladi. Yevropada simfonik musiqada (1791-yildan) va operada (1831-yildan) foydaniladi. G.ning bir turi tamtam deb ataladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |