Kontent qismiga oʻtish

Golni avtomatik aniqlash tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ichiga Teamgeist II mikrochipi oʻrnatilgan Adidas koptogi, golni avtomatik aniqlash usuli uchun taqdim etilgan Cairos-Adidas sistemasi

Golni avtomatik aniqlash usuli (ing: Goal-line technology — GLT) texnologiya yordamida golni aniqlashda hakamga yordam beradi. Futbol oʻyinlarida baʼzida toʻp darvoza chizigʻini toʻla kesib oʻtadi[1], ammo, hakam noaniq nuqtada turgan vaziyatda hamda ushbu golni aniqlay olmasa[2], texnologiyaga murojaat qiladi va kompyuter orqali kuzatib turgan yordamchi assistentlar gol boʻlgani yoki boʻlmaganligi haqida hakamga zudlik bilan ushbu texnologiya yordamida aniqlab yetkazadi va hakam soʻnggi yakuniy qarorni chiqaradi[3].