Goga Hidoyatov
Goga Abrorovich Hidoyatov | |
---|---|
Tavalludi |
30-may 1930-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
12-oktyabr 2015-yil (85 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | tarixchi |
Sohasi | tarix |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Goga Hidoyatov (1930-yil 9-may — 2015-yil 10-dekabr) — tarixchi, professor, tarix fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. 1961—1994-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Goga Hidoyatov oʻzbek tilidan tashqari rus va ingliz tillarini mukammal bilgan.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Ota-onasi mashhur oʻzbek drama aktyorlari, SSSR xalq artistlari Abror Hidoyatov va Sora Eshontoʻrayevalardir.
Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida oʻqigan (1954). 1958—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, 1959-yilda „Angliyadagi zamonaviy ishchi harakati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1961—1994-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri. 1964—1965-yillar Angliyaning Oksford universitetida „XIX asr oxirda Markaziy Osiyodagi katta kurash“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yozish uchun malaka oshirgan. 1965—1967-yillarda Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining katta ilmiy xodimi. 1967—1987-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti dekani. 1994—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi. 1994—1999-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori. 2005-yilda pensiyaga chiqqan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rafiqasi Bobojonova Anila Gʻulomovna (1975-yilda vafot etgan)[1], ikki nafar qizi bor: siyosatchi, tarix fanlari nomzodi Nigora Hidoyatova (1964-yilda tugʻilgan) va jamoat arbobi, tadbirkor Nodira Hidoyatova (1967-yilda tugʻilgan).
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]15 ta monografiya[2] va 100 dan ortiq maqolalari ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Kolumbiya universiteti professori va tarixchi Edvard Ollvortning "The Modern Uzbeks" ("Zamonaviy oʻzbeklar") asarining ayrim boblarini ingliz tilidan tarjima qilgan. Shuningdek, Xilda Xukxemning Amir Temurga oid asarini ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflariga moʻljallangan jahon tarixi darsliklari muallifi. Moskva, Pekin, Dehli, Peshovardagi ilmiy ma'ruzalarda chiqish qilgan. Manchester universiteti, J.Neru universiteti, Madras universiteti, Quddus universiteti, Kolumbiya universiteti, Merilend universiteti, Nyu-York CIty kolleji, Pekin universitetida ma’ruzalar oʻqigan.
- „XIX asr oxirida Markaziy Osiyoda ingliz-rus munosabatlari tarixidan“ (1969-yil).
- Tarix va mafkuraviy kurash / G. A. Hidoyatov / Toshkent : Oʻqituvchi, 1988-yil, 204 bet.
- Zamonaviy mafkuraviy kurashning asosiy masalalari / G. A. Hidoyatov, R. T. Sarimsoqov /Toshkent. : Oʻzbekiston, 1982-yil
- Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ekspansiyasi : (Pende, 1885-yil mart) / G. A. Hidoyatov; Mas’ul muharrir A. L. Narochnitskiy / Toshkent : Fan, 1981-yil
- Markaziy Osiyoda sotsializm qurilishi va zamonaviy antikommunizm. /Toshkent : Oʻzbekiston, 1978-yil
- Antik va oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoning janubiy hududlari tarixi va madaniyati: Tanlangan asarlar. Goga Abrorovich Hidoyatov. Toshkent Davlat universiteti, 1988-yil, 104 bet.
- Vatan tarixi. G. A. Hidoyatov. „Oʻqituvchi“, 1990-yil, 303 bet
Umrining oxirlarida „Turkiy tamaddun“ kitobini yozib tugatadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Гога Аброрович Хидоятов“ (rus tilida). mytashkent.uz (2015-yil 10-dekabr). 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Узбекистан: Многолетний труд ученого был оценен судом в сумму, равную гонорару журналиста“ (rus tilida). fergananews.com (2007-yil 15-may). 2018-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Гордость Узбекистана знаменитый учёный Гога Хидоятов: (к 80-летнему юбилею). В. А Исенгалиева. 2012 — Всего страниц: 86. ISBN 9965141762, 9789965141768