Kontent qismiga oʻtish

Godric Gryffindor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Godrik Griffindordan yoʻnaltirildi)

Gryffindor-bg Godric Gryffindor (ing. Godric Gryffindor) – afsungar, Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4ta asoschilaridan biri. Uning sharafiga Hogwartsdagi fakultetlarining biriga Gryffindor nomi berilgan, bundan tashqari u tugʻilgan Godric vodiysi ham uning sharfiga nomlangan. Gryffindor fakultetining ramzi – qizil fondagi arslon.


Godric Gryffindor insonlardagi jasoratni juda ham qadrlardi va shunga tayangan xolda oʻquvchi qabul qilar edi. Hogwartsning boshqa asoschilari ham oʻzlariga oʻquvchi qabul qilishda insonlardagi maʼlum sifatga eʼtibor berishar edi. Bu jarayon afsungarlardan keyin qanday kechishi haqida savol uygʻonganida, Godric Gryffindor oʻzining shlyapasini afsunlab, unga butun umrga fakultetlarga talabalarni qabul qilishni ishonga xolda, uni Taqsimlovchi Shlyapaga aylantiradi.

Shlyapadan tashqari Gryffindordan bir qilich ham qoladi. Uning noodatiy tomoni shundaki, uni shlyapaning ichidan faqatgina xavfli vaziyatlardagina, Gryffindorga eng loyiq talaba chiqara olardi.

Qilich oʻz vaqtida goblinlar tomonidan yasalgan va Godric bu ish evaziga goblinlarga sharaf taqdim etdi. Lekin Gryffindor oʻlimidan soʻng, meros qoldirilishi haqida tushunchaga ega boʻlmagan goblinlar qilichni yana oʻzlariniki deb hisoblashgan. Afsungarlar qilichni qaytarishmagani, goblinlar va odamlar oʻrtasidagi tarang munosabatlarni yanada keskinlashishiga sabab boʻldi.

Godric Gryffindor asarlarda chiqish koʻrsatmaydi, uning nomi faqatgina yozilib qoldirilgan (birinchi marta – „Mahfiy Hujra“da[1]).

Sehrli qobiliyatlari va koʻnikmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Duelyant: Godric Gryffindor oʻz vaqtining buyuk duelyantlaridan boʻlgan. Hattoki, u oʻz qilichi bilan maggllarning duellarida ham ishtirok etgan.
  • Transfiguratsiya(bir narsaning boshqa narsaga aylanishi): boshqa asoschilar bilan birga, Godric oʻz shlyapasini talabalarni fakultetlarga taqsimlovchi, aqlli artefaktga aylandirgan.

Qiziq faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Godric Gryffindor – vorisi tilga olinmagan yagona asoschi edi (Slizerinniki Tom Reddl, Rovena Reyvenkloniki – qizi Helena, Helga Hafflpuffniki – Hepziba Smit edi)

Ism etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Godric" eski ingliz tilidan ("Godric") tarjima qilinganda "Hukmdor" maʼnosini anglatadi. Bundan tashqari bu soʻz "Iloh kuchi" maʼnosini ham anglatadi (qadimgi ingliz tilidagi "God" (Hudo, Iloh) va "ric" (kuch, qoida, qonun) soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan) "Gryffindor" – ing. Griffin – "grifon" va fr. "d`or" – "oltin", yaʼni "Oltin Grifon" maʼnosini anglatadi.

Koʻrinishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (birinchi tilga olingan)
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Mahfiy Hujra (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Mahfiy Hujra (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Mahfiy Hujra (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Azkaban Maxbusi (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Alanga Kubogi (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Feniks Jamiyati (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 1-qism (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism (faqat tilga olingan)
  • Wizarding World
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  1. Rouling, Joan. Garri Potter va Mahfiy Hujra. Rosmen. 
  1. Harry Potter Fandom[sayt ishlamaydi]
  2. Wizarding World
  3. J. K. Roulingning rasmiy sayti
  4. J. K. Roulingning „X“ dagi rasmiy sahifasi